Konstitutsiyani özgartiriş böyiça qaror yuzasidan Konstitutsiyaviy sudning xulosasini oliş töğrisidagi masala ham qöllab-quvvatlandi.
Referendum byulletenida: “Siz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisidagi Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?” deb yoziladi.
“Biz faqat yangi tahrirni qabul qilyapmiz. [Bundan keyin ham] Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8 dekabr umumxalq bayrami sifatida nişonlanadi”, – deya aniqlik kiritdi Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov.
Palataning 10 mart kungi yalpi majlisida iştirok etgan deputatlardan 132 nafari Konstitutsiyaning yangi tahriri töğrisidagi qonunni qöllab-quvvatladi, ikki deputat betaraf qoldi, uç deputat ovoz bermadi.

Konstitutsiyaning yangi tahririni referendumga çiqariş haqidagi qaror esa 134 deputatning yoqlaşi bilan qabul qilindi; ikki deputat betaraf qoldi, bir deputat ovoz bermadi.

Yangi tahrirga asosan, Özbekiston konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oşirilyapti. 128 ta moddaning 91 tasiga konseptual özgarişlar kiritilmoqda. Umuman olganda, konstitutsiya 65 foizga özgartirilyapti.
Özgarişlar qatoridan prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytiriş, senatorlar sonini 100 nafardan 65 nafarga tuşiriş, Özbekistonni ijtimoiy davlat deb e’lon qiliş, mahalliy kengaşlar va hokimlarning vakolatlarini bir-biridan ajratiş va boşqalar örin olgan.
Eslatib ötamiz, konstitutsiya islohoti haqida birinçi marta prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil noyabr oyida, ikkinçi prezidentlik muddatiga kirişişidagi inauguratsiya nutqida


















