Özbekiston Transport vazirligi taşabbusi bilan Qozoğiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya Transport vazirliklari hamda temiryöl sohasi vakillari örtasida video-konferens-aloqa şaklida uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda "Xitoy – Qozoğiston – Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa" xalqaro transport yölagini taşkil etiş töğrisidagi bitim imzolaş bilan boğliq jarayonlarni jadallaştirişga qaratilgan muhim masalalar muhokama etildi. Davlatlar örtasida xalqaro transport va tranzit yönalişini rivojlantiriş bilan boğliq jihatlar körib çiqildi.

Tomonlar "Xitoy – Qozoğiston – Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa" xalqaro transport koridorini rivojlantiriş barça uçun manfaatli ekanini, uşbu yölak tranzit taşuvlari va mamlakatlar örtasidagi savdo aloqalarini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçişga xizmat qilişini ta’kidladi.
Uçraşuvda muhokama qilingan hamkorlik yönalişlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oşiriladigan vazifalarni belgilab oldi.

















