Hujjatni RF energetika vazirining birinçi örinbosari Pavel Sorokin, Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari Azim Ahmadxöjayev va Qozoğiston energetika vaziri örinbosari Yerlan Akkenjyenov imzoladi.

Özbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, hujjatda kelişuvni amalga oşirişda “Omsk – Pavlodar – Çimkent – Şagir” neft quvuri orqali yuk taşişni ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilgan.

Şartnomada tomonlarning uzoq muddatli asosda 2024 yilda va keyingi yillarda neft xomaşyosi yetkazib berişni 1 million tonnaga yetkaziş böyiça tijorat şartnomalarini amalga oşirişda har tomonlama yordam körsatişi belgilangan. Jumladan, neft xomaşyosining özaro maqbul narxini kelişiş hamda uning hajmini oşirişni hisobga olgan holda, tomonlarning mamlakatlari hududi böylab neft xomaşyosini töliq hajmda tösqinliksiz taşiş ta’minlanişi aytilmoqda

Bu şartnoma benzin işlab çiqarişning köpayişiga, Özbekistonda yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğini ham kengaytirişga imkon berişi kutilmoqda.

Ma’lumot uçun, Özbekiston 2023 yil uçun Rossiya va Qozoğistondan 300 ming tonnadan neft xarid qiliş böyiça kelişuvlar tuzgandi.

Sentyabr oyida Rossiya benzin eksportiga taqiq kiritişi ortidan, oktyabr örtalariga kelib Özbekistonda benzin narxlari oşişi kuzatilgandi.

Eslatib ötamiz, 2023 yildan boşlab Özbekiston Rossiyadan ilk marta tabiiy gaz importini yölga qöymoqda. Ikki yillik dastlabki şartnomaga asosan, Rossiya Qozoğiston orqali Özbekistonga yiliga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib beradi.