Dok-1 Maks siropi iste’molidan söng gapirişdan va harakatdan qolgan hamda birinçi guruh nogironiga aylangan 5 yoşli bolaning otasi sudda farzandini töliq davolatiş uçun 3 mlrd söm kompensatsiya söraşini ma’lum qildi.
Dok-1 Maks işi böyiça 12 yanvar kuni ötkazilgan sud majlisida “Dok-1 Maks” siropi sababli nogiron bölib qolgan 5 yoşli bolaning otasi Feruz Nuritdinov körsatmasi tinglandi. Jabrlanuvçining ma’lum qilişiça, öğli 2022 yilning 21 dekabr kunidan 2023 yilning 23 fevral kuniga qadar şifoxonada koma holatida yotgan.
«Farzandim boğçaga borardi, soğlom edi, biror bir jiddiy kasallik bilan oğrimagandi. 2022 yil dekabr oyi boşlarida farzandimizga biroz şamollagani uçun 3-4 kun şu doridan içirgandik. Bolam nima yesa, hatto suv içsa ham qayt qila boşladi. Klinikaga olib bordik, foydasi bölmadi, ertasiga ham şu ahvol, faqat qorni oğriyotganidan şikoyat qilaverdi.
Keyin Nukusdagi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib bordik. Tekşirişib, bolaning ikki buyragi ham işlamayapti, Toşkentga olib boring, deyişdi. Öşa kuniyoq samolyotda Toşkentga uçib keldik.
Bolalar tibbiyot markaziga bordik. Şu zahoti dializ olişni boşlaşdi. Ahvoli juda oğirlaşib, xuddi insult olgan insonga öxşab qolgandi. Dializlardan söng sekin-sekin peşob çiqara boşladi. 21 dekabr kuni koma holatiga tuşib qoldi va şu bilan 23 fevral kuni öziga keldi. Şifokorlar miyada suv yiğilayotgani uçun komadan çiqolmayapti, deya boşini operatsiya qilişdi. Şundan söng közini oçdi.
Öğlim komadan çiqqaç endi tuğilgan çaqaloqdek bölib qoldi: heç narsani tuşunmaydi, gapirsa anglamaydi. Şifokorlar bu kasalxonada köp qolmasin, boşqa kasallik yuqtirib oliş xavfi bor, deyişdi. Keyin olib çiqdik. Nevropatologga körsatdik, tuşunarli qilib aytganda «boş miya protsessori kuygan» deyişdi.
Bolam hozir ham gapirmaydi, yurmaydi, davolaşlar natijasida biroz emaklay boşladi. Bir yildan beri ovozini eşitgim keladi», deya körsatma berdi Feruz Nuritdinov.
Jabrlanuvçiga köra, u bugungaça bolasini davolatiş uçun uyini sotib hamda yaqinlaridan qarz kötarib, 35 ming AQŞ dollaridan ortiq xarajat qilgan. U sudda farzandini töliq davolatiş uçun 3 mlrd söm kompensatsiya söradi.
Dok-1 Maks işi böyiça navbatdagi sud majlisi 17 yanvar kuni ötkaziladi.
















