«Rossiya, kut, raketalar uchib boradi». Tramp katta harbiy operatsiya boshlanayotganidan ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada katta harbiy amaliyot boshlashiga ishora qildi.
«Rossiya Suriyaga uchadigan har qanday raketani urib tushirishi bilan maqtangandi. Tayyorgarligingni ko‘raver, Rossiya. Ular (raketalar – tahr.) uchib boradi. Bu raketalar juda yaxshi, yangi va «aqlli» raketalar! Sen o‘z fuqarolarini gaz bilan o‘ldirib, bundan rohatlanadigan hayvonni (Bashar Asad – tahr.) qo‘llab-quvvatlamasliging kerak edi!», – deb yozdi Tramp tvitterida.
Russia vows to shoot down any and all missiles fired at Syria. Get ready Russia, because they will be coming, nice and new and “smart!” You shouldn’t be partners with a Gas Killing Animal who kills his people and enjoys it!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) April 11, 2018
Bundan oldinroq Rossiyaning Livandagi elchisi Aleksandr Zasipkin «Al-Manar» telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgandiki, Rossiya Suriya hududiga uchirilgan amerikaliklarning raketalarini urib tushirish qarorida qat'iy qoladi. U Suriyaga hujumga javoban o‘t ochilishini ta'kidlagandi.
Qayd etish kerakki, AQSh prezidenti ilk marta amerikalik harbiylar Suriya hududiga zarba berishga hozirlanayotgani haqida rasman ma'lum qilmoqda. Amerikaliklar Damashq yaqinida, Sharqiy G‘uta hududiga Suriya armiyasi tomonidan kimyoviy hujum qilinganini iddao qilishmoqda va buning uchun Suriya hukumatini jazolashmoqchi. Trampni AQShning yaqin ittifoqchilari Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, G‘arb mamlakatlari Suriyaning ittifoqchilariga hujum qilishni rejalashtirmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum nishonlari - Suriyaning kimyoviy dasturga oid obektlari bo‘ladi.
9 aprelda Oq uy Rossiyaga Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi bo‘yicha ayblov qo‘ydi. AQSh prezidenti Donald Tramp bunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ayblagan va u bu uchun javob berishini aytgandi.
«Putin ham, boshqasi ham javob beradi» – Tramp Suriya bo‘yicha 48 soat ichida qaror qabul qilmoqchi
10 aprel kuni AQShning USS Donald Cook esminetsi Suriyaning Tartus shahriga, Rossiyaning harbiy-dengiz bazasiga 100 km masofagacha yaqinlashdi.
USS Donald Cook esminetsining asosiy quroli 2500 kilometrgacha uchadigan va yadroviy zaryad tashiy oladigan «Tomagavk» raketalari hisoblanadi. Esminets oddiy va zarbdor variantlarda mos ravishda 56ta va 96ta shunday raketa bilan jihozlanadi.
OAVda AQSh Suriyada zarba berish uchun 22 ta mo‘ljalni belgilab olganini ma'lum qilingan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Jahon | 11:25
-
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi
O‘zbekiston | 11:00
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 10:55
-
O‘zbekistonda aprel oyida inflatsiya 0,7 foizni tashkil etdi
Iqtisodiyot | 10:45
Mavzuga oid

17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV

20:28 / 24.04.2025
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi

13:25 / 18.04.2025