Munosabatda ma'lum qilinişiça, Şörçi tumanida 160 tup tut daraxti kesilgani haqidagi xabar tarqalgandan söng, «Özbekipaksanoat» uyuşmasi boşqaruv raisining topşiriğiga asosan Surxondaryo viloyat «Agropilla» MÇJ rahbari Ş.Çoriyev boşçiligida işçi guruh tuzilgan. Mas'ul xodimlar mazkur holatni örganiş uçun voqea joyiga borgan.

Aniqlanişiça, joriy yil 13 sentyabrdan 14 sentyabrga ötar keçasi Şörçi tumani Obodon hududi M41 Bişkek-Duşanbe-Termiz xalqaro avtomobil yöli yoqasida joylaşgan 4 gektarlik tutzordan 160 tupdan oşiq tut daraxti noma'lum şaxslar tomonidan kesilib, tomiri bilan qöporib olingan.

Tut daraxtlarining örnida 14 sentyabr erta tongdan quriliş işlari boşlangan. Uzunligi 40 metr, eniga 18 metr bölgan yirik binoning poydevori qurilişida 8-10 nafar kişi işlab turgan. Mazkur tutzor «Özbekipaksanoat» uyuşmasi tizimidagi «Şörçi Tayyorlov Agropilla» MÇJning balansida bölgan va bu haqda dalolatnoma tuzilib uyuşmaga topşirilgan.

Örganiş davomida, kesilgan tutzor örni Şörçi tumani hokimining 2021 yil 8 apreldagi Q-708-son qarori bilan «Oltin uçburçak» loyihasi rahbari Dilorom Örolavaga avtobus bekati va sanitariya-gigiyenik (maişiy xizmat körsatiş) şoxobçasi quriş uçun ajratib berilgani aniqlangan.

Tuman hokimining qarorida Şörçi tumani Obodon hududidagi tutzor maydonning «Şörçi Tayyorlov Agropilla» MÇJ tomonidan tuman hokimligi balansiga «Şörçi Tayyorlov Agropilla» MÇJning 2021 yil 29 martdagi 02-17-01/2209-sonli xatiga asosan qaytarilgani körsatilgan. Ammo jarayon örganilganida «Şörçi Tayyorlov Agropilla» MÇJ tomonidan uşbu tutzorning Şörçi tumani hokimligi balansiga qaytarilişi töğrisida heç qanday xat çiqarilmagani ma'lum bölgan.

Işçi guruhining örganiş xulosalari asosida Şörçi tumani prokuroriga bildiriş xati bilan çiqilgan va hududda quriliş işlari töliq töxtatilgan.

Qayd etilişiça, «Özbekipaksanoat» uyuşmasi tomonidan uşbu noqonuniy qilingan xatti-harakatlar yuzasidan suriştiruv olib boriş va uşbu jinoyatning asl sababçilarini aniqlaş hamda ularga qonunda körsatilgan tartibda çora körişlarini sörab, 2021 yil 14 sentyabr kuni Boş prokuratura hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasiga xat kiritilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Denov şahrida 109 tup noyob daraxt kesib taşlangandi