Respublika maxsus komissiyasining 14 may kungi qaroriga köra, 18 maydan boşlab şaxsiy avtomobillar harakati böyiça çeklovlar bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi.
«Yaşil» toifadagi hududlarda — Respublika maxsus komissiyasi yiğilişining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanişiga ruxsat berilgan.
Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kişidan ortiq bölmasligi lozim.

«Sariq» toifadagi hududlarda soat 06.00dan – 22.00ga qadar bölgan vaqt oraliğida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanişiga ruxsat beriladi. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kişidan ortiq bölmasligi lozim.

«Qizil» toifadagi hududlarda — avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanişiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07:00dan – 10:00gaça, 17:00dan – 20:00 gaça) fuqarolarning iş joyiga borib-kelişi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinçi galdagi mahsulotlarni xarid qiliş uçun harakatlanişiga ruxsat beriladi.

Karantin 1 iyungaça uzaytirildi va navbatdagi yengilliklar e'lon qilindi
Eslatib ötamiz, Toşkent şahri Surxondaryo va Xorazm viloyatlari qatorida «sariq» hudud (sönggi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga çalinganlar aniqlanmagan, biroq uşbu kasallikka çalingan va davolanayotgan bemorlar mavjud bölgan hududlar) hisoblanadi.
Komissiya qaroriga köra, 8 may kunidan Navoiy,


















