Tarmoqlarda Angren şahar prokurori Uluğbek Qobiljonov maktablardan birini közdan keçirayotgan vaqtda maktab hududi qordan tozalanmaganidan e’tiroz bildirgani aks etgan video tarqaldi.
«22-maktabdamiz, umuman tozalanmagan qordan. Mana 2-3 kundan keyin maktab boşlanadi. Umuman tozalanmagan. Öqituvçilari ham yöq, oylik olib yotişibdi, bekordan bekor…
Hamma maktab öziga xulosa qilsin. 4 ta sektor yuribmiz mana. Hokim – boş, «naçalniy melisa»miz. Umuman tozalanmagan.
Xulosa qilinglar, bölmasa biz xulosa qilamiz»,– degan prokuror özi olgan videoda.
School English Teachers kanali dastlabki video ortidan prokuror tanqididan keyin öqituvçilar maktabni tozalaşga çiqqani haqida istehzoli post qoldirgan va suratlarni e’lon qilgan.
«Prokuror sözi biz uçun qonun! Öqituvçilar tozalamayapti deb tanqid qilgandan söng, darrov öqituvçilar yetib kelib qorlarni tozalab taşlaşdi. 4 ta sektordan öqituvçilarga yana kimning qanday buyruği bor? Öqituvçilar yiğilib turganda aytib olinglar. Oyligini halollab olişsin!» - deya kinoya qiladi muallif.

Maktabgaça va maktab ta’lim vaziri Hilola Umarova holat yuzasidan munosabat bildirdi. Uning sözlariga köra, vaziyat Boş prokuratura nazoratiga olingan.
«Boş prokuratura rahbariyati bilan gaplaşdim, holat ayni damda nazoratga olingan va örganilmoqda. Prezidentimizning tegişli qarorlariga asosan pedagog xodimlarni xizmat majburiyati bilan boğliq bölmagan işlarga jalb qiliş qat’iyan taqiqlanganini eslatib ötaman.
Öqituvçi qadrlanmagan yurt heç qaçon taraqqiy etmaydi. Şu bois barçadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan öqituvçilarni uluğlaş va jamiyatda eng obröli inson qiliş davlat siyosatini qöllab-quvvatlab, bu borada eng avvalo özimiz örnak körsatişimizni sörab qolaman»,– degan yangi vazir.
Vazirlik matbuot xizmati prezident öqituvçilarning nufuzini oşiriş borasida qator topşiriqlar berganini, «Öqituvçini hurmat qilmaganni men ham hurmat qilmayman» degan sözlarini eslatgan.

















