1−2 iyul kunlari sodir bölgan Nukus voqealari böyiça 3 nafar huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergov doirasida ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi.

Hozirda jinoyat işlari böyiça tergov harakatlari davom etmoqda. Natijasi böyiça jinoyat işlarining sudga yuborilişi ta’minlanadi.

Iyul oyidagi tartibsizliklardan keyin Nukusga borgan prezident Şavkat Mirziyoyev Nukusdagi voqealarning barça iştirokçilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilişi böyiça topşiriq bergan, agar kuç tuzilmalari tomonidan notöğri kuç işlatilgan bölsa, ular ham jinoiy javobgarlikka tortilişi aytilgandi.

  • 2023 yil 31 yanvar kuni Qoraqalpoğistonda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 nafar şaxsga nisbatan sud hukmi öqildi.
  • 6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida Nukus voqealarida ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni boşlandi. Prokuratura ularga ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş, separatistik ğoyalarni tarqatiş, huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qiliş, avtomaşinalarga öt qöyiş va yöllarni tösib qöyiş kabi ayblovlarni öqib eşittirdi.