Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida Kattaqörğon şahar IIBning sobiq xodimi San'at Umarov ustidan hukm öqildi.

19 oktabr kuni boşlangan sud majlisi mobaynida ayblov xulosasi öqib eşittirilgan, sudlanuvçi S.Umarov va jabrlanuvçi N.Toşmatovaning körsatmalari tinglangan, sud tergovi ötkazilib, unda guvohlar söroq qilingandi.

Bugun, 21 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida sudlanuvçi San'at Umarov (1988 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Kattaqörğon şahri IIB katta tezkor vakili lavozimida işlagan) ga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Youtube'da köriş

Mover.uz'da köriş

KUN.UZ muxbiri xabar berişiça, mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudi raisining örinbosari Ötkir Mamadaliyev tomonidan körib çiqildi, sudya hukmni öqib eşittirdi.

Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, S.Umarovni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 2-qismi «a», «z» bandlarida va 241-1 moddasida (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (etişda) aybdor deb topdi.

Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudi sudlanuvçiga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida 3 yil mansabdorlik lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda (ya'ni, u ozodlikdan çiqqanidan keyin 3 yil davomida davlat işida işlay olmaydi), 6 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşni belgiladi.