Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosonlik ota mashinasi xatlangani sabab 6 yillik aliment pulini bir yo‘la to‘ladi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro O‘.R. farzanlari ta'minoti uchun 62,5 million so‘mga yaqin mablag‘ni to‘lab berdi. Bu haqida MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudining 20 mart 2015 yildagi ajrimiga asosan, O‘.R. G.B. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari ta'minoti uchun daromadining yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Biroq, O‘.R. sud qarori chiqqandan buyon aliment pulini to‘lamasdan kelgan. Qarzdorlik 1 aprel sanasiga qadar 62 mln 481 ming so‘mni tashkil etgan.
Joriy yilning aprel oyida MIB Koson tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning «Ford» rusumli avtotransport vositasi xatlab olingan hamda O‘.R.ga qarzdorlikni bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan.
Shundan so‘ng qarzdor berilgan ixtiyoriy muddat davomida jami hisoblangan 62 mln 481 ming so‘m qarzdorlikni bartaraf etdi.
Avvalroq, Qashqadaryoda qarzdorligi tufayli 360 nafar shaxs va 324ta transport vositasiga qidiruv e'lon qilingani haqida xabar qilingandi. Topilgan fuqarolarning 96 nafari aliment bo‘yicha qarzdor bo‘lgan.
Chiroqchilik ota farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berdi.
Shuningdek, Muboraklik otadan salkam 12 mln so‘m aliment undirilgan edi.
Mavzuga oid
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
16:14 / 18.12.2025
“Xalqning haqidan qo‘lingizni torting, hokim bobo!” - Yakkabog‘ning Qayrag‘ochidan murojaat
09:13 / 06.12.2025
Xizmatdagi YPX xodimini videoga olib, tarmoqqa joylash – ma’muriy qamoq bilan tugadi
10:06 / 27.11.2025