Özbekistonda tarqatilişiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanal umumlaştirilib, ular asosida 192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar röyxatining yangi tahriri işlab çiqildi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabariga köra, bundan maqsad – fuqarolarning töliq va xolis axborot oliş huquqini ta’minlaş hamda turli manbalardan ma’lumot oliş imkoniyatlarini kengaytirişdir.

Röyxatdagi xorijiy telekanallarning:

  • 35 tasi ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritişga va yangiliklar tarqatişga;
  • 37 tasi filmlar va seriallar namoyişiga ixtisoslaşgan;
  • 34 tasi “National Geographic Channel” kabi ilm-fan yutuqlarini namoyiş etuvçi ilmiy-ommabop, ma’rifiy yönalişda;
  • 27 tasi bolalar va ösmirlar auditoriyasiga möljallangan;
  • 20 tasi sportga oid mavzularni yoritişga ixtisoslaşgan;
  • 39 tasi musiqiy-köngiloçar kontent tarqatadi.

Mazkur röyxatga kiritilgan xorijiy telekanallar pulli televideniye operator va provayderlari tarmoqlari orqali tarqatiladi. Ya’ni efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televideniye, mobil aloqa, sun’iy yöldoş aloqa tarmoqlari va internet platformalar orqali böladi.

Xorijiy telekanallarni Özbekiston hududida tarqatiş mualliflik va turdoş huquqlar sohasini tartibga soluvçi milliy qonunçilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegişli şartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oşiriladi, deya eslatgan AOKA.

Eslatib ötamiz, Kun.uz noyabr oyi boşida BBC, Sky News, CNN, CNBC, Fox News, Bloomberg, CGTN, TRT Avaz va “Belarus-24” kabi kanallar translatsiyasi Özbekistonda boşlanganini xabar qilgandi.

Özbekiston Respublikasi hududida tarqatiladigan xorijiy telekanallar röyxati: