«Fuqarolarning Haj va Umra safarlariga boriş uçun navbatga turiş va yuritişni töliq davlat xizmatlari markazlariga ötkaziş orqali inson omilidan holi, oçiqlik va şaffoflik prinsiplari hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimni joriy etişga oid qonunçilik xatlovdan ötkazildi. Hozirda Özbekiston musulmonlari idorasi va Din işlari böyiça qömita, şuningdek boşqa tegişli taşkilotlar vakillari iştirokida işçi guruh tuzilib, Haj va Umra ziyoratiga boriş uçun navbatga yoziliş va uni onlayn kuzatib boriş jarayonlarini raqamlaştirişga doir çora-tadbirlar işlab çiqilmoqda», - deyiladi Kun.uz söroviga muvofiq taqdim qilingan ma’lumotda.
Hozirça, uşbu reja 2022 yildagi Haj-umra ziyorati mavsumidan boşlab işga tuşirilişi yoki tuşirilmasligi ma’lum emas.
2021 yil 21 dekabr kuni Senatning oçiqlik qömitasida bölib ötgan majlisida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov davlat taşkilotlarining oçiqlik darajasini oşiriş böyiça takliflar qatorida uşbu masalani ham ilgari surgan edi.
Haj va Umraga elektron navbat, IMEI va boşqalar — Aksilkorrupsiya agentligi takliflar bilan çiqdi
Xususan, agentlik fuqarolarning Haj va Umra safarlariga boriş uçun navbatga turiş va yuritişni töliq davlat xizmatlari markazlariga ötkaziş orqali inson omilidan holi, oçiqlik va şaffoflik prinsiplari hamda raqamli texnologiyalarga asoslangan tizimni joriy etişni taklif qilgan edi.
Eslatib ötamiz, 3 iyul kuni Din işlari böyiça qömita 2022 yilgi Haj ziyorati narxlari 62,9 million sömga qimmatlaganini ma’lum qildi. Kun.uz örganişlari bu narx Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Rossiyadagidan sezilarli qimmat ekanini körsatdi.


















