Manbaga köra, auksionda faqat Respublika onkologiyasi markazi binosi sotiladi. Markaz yangi qurilayotgan onkologiya kompleksiga köçib ötadi.
Markazning Toşkent şahri va Toşkent viloyati filiallari öz joyida qoladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston hukumati maxfiy qarorlar bilan Respublika onkologiya markazi hamda uning Toşkent şahar va Toşkent viloyati filiallari yeri va binolarini sotib yuborişga qaror qilgan edi.
Bu uçta şifoxonaning sotuvga qöyilgani haqida jamoatçilik auksion e’lonidan söng xabar topgan va bu e’tirozlarga sabab bölgandi.
Qöşimça qiliş kerak, Respublika onkologiya markazining sotib yuborilayotgan binosi 2019 yilda ta’mirlangan, markaz hududida yangi binolar qurilgan edi. Tez orada sotib yuborilar ekan, nega milliardlab davlat mablağlari sarflanib, qöşimça qurilişlar qilingan, degan savolga rasmiylardan javob bölmadi.
Markaz Olmazor tumanida qurilayotgan yangi onkologik kompleksga köçib ötadi. Kompleks 2023 yil may oyida işga tuşişi möljallangan. Quriliş uçun buyurtma tendersiz, yopiq qaror bilan Mimar Group kompaniyasiga berilgan.
Vazir örinbosari: Onkologiya kompleksini quriş yopiq qaror bilan Mimar Group'ga topşirilgan
“Bu – fojia”. Onkolog – sotib yuborilayotgan kasalxonalar haqida

















