Özbekiston respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati Kattaqörğon şahar IIB tezkor vakili S.Umarovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. 

«2018 yil 22 iyun kuni fuqaro N.T. ariza bilan murojaat qilib, 03.06.2018 yilda Kattaqörğon şahar IIB tezkor vakili S.Umarov va boşqalar uni şahar IIB binosida haqorat qilib, yeçintirişga majbur qilişganligini bildirgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, 03.06.2018 yil soat 10:00 larda fuqaro N.T. Kattaqörğon şahrining «Dehqon bozori»da bölgan vaqtida şahar IIB xodimlari uni öğrilik qilganlikda gumon qilib, şahar IIB ma'muriy binosiga olib kelişganligi aniqlangan. Şahar IIB tezkor vakili S.Umarov unga öğrilik qiliş maqsadida bozorga kelganligini aytib, uni haqorat qilgan. Söng IIB ma'muriy binosining koridorida N.T. ning egnidagi barça kiyimlarini yeçişga majbur qilib, bu holatni özi videotasvirga olgan.

2018 yil 4 iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattakörğon şahar IIB tezkor vakili S.Umarovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda S.Umarov uşlangan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş masalasi körib çiqilmoqda.

Şuningdek, Kattaqörğon şahar IIBda mazkur holat yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda», deyiladi axborotda.

4 iyul kuni «Ozodlik» naşri Kattaqörğondagi voqea videosini tarqatdi — unda Kattaqörğonda militsiya xodimi öğirlikda gumon qilingan bir ayolni qip-yalanğoç yeçinişga majbur qilgani tasvirlangandi. Içki işlar xodimi ayolni şu ahvolda köçaga haydamoqçi böladi va bu jarayonni videoga oladi. Keyinroq gumondor ayol qöyib yuborilgan.

Boş prokuraturada uşbu jinoyat inson şa'niga daxl qilişiga urğu qaratilgan.

«Bu kişini ğazablantiruvçi holat. Mansabi va vakolatidan qat'i nazar bunday işga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi. Mazkur iş boş prokurorning alohida nazoratiga olingan», — degan Boş prokuratura jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Surayyo Rahmonova.