Elektr energiyasi bölmasa, sanoatda jadal rivojlaniş bölmaydi, butun mamlakat aholisining elektr energiyasiga kun sayin oşib borayotgan ehtiyojini qondiriş uçun esa Atom elektr stansiyasi (AES)ni quriş eng töğri tanlov böladi va odamlarimiz buni juda yaxşi tuşunişadi. Ekspert, "Ma'no" tadqiqotçilik taşabbuslari markazi rahbari Baxtiyor Ergaşev Soçi şahrida bölib ötgan X Xalqaro Atomekspo forumi doirasida KUN.UZ muxbirining jamoatçilik AES qurilişini qanday qabul qilişiga doir savoliga şunday mazmunda javob berdi.
"Xalqimiz Özbekiston juda muhim çaqiriq oldida turganini yaxşi biladi, bu sanoatni jadal rivojlantiriş siyosatining amalga oşirilişidir. Buning uçun esa elektr energiyasi zarur. U bölmasa, bizning sanoatni rivojlantiriş bilan boğliq rejalarimiz çippakka çiqadi. Özbekistondagi uy xöjaliklarida yil sayin maişiy elektr jihozlari soni oşib bormoqda - muzlatgiç, televizor, kir yuviş maşinasi, mikrotölqinli peçlar va h.k. Odamlar tobora köproq elektr jihozlaridan foydalaniş imkoniga ega bölişmoqda, şunday ekan, elektr energiyasiga bölgan talab ham oşib boradi. Sanoat tomonidan talab oşmoqda, ösib borayotgan uy xöjaliklari tomonidan talab oşmoqda. Özbekistonda demografik ösiş kuçli, bizda yangi oilalar juda köp, tabiiyki talab ham şunga yaraşa. Barçasining ehtiyojini qondiriş uçun esa bizga elektr energiyasi kerak", - deydi ekspert.

Foto: Maqsad Jangirov
Uning sözlariga köra, Özbekiston işbilarmonlari ham AES qurilişi tarafdori böladi. Nima uçun deysizmi?
"Işbilarmonlar elektr energiyasi yetişmovçiligi sabab öz mahsulotlari bahosini oşirişga majbur bölişadi. Elektr energiyasi yetişmaganidan keyin ular generator qöyişlariga töğri keladi. Generator esa öz-özidan mahsulot tannarxini oşiradi. Mintaqada faoliyat yurituvçi deyarli har bir işbilarmon elektr energiya tanqisligi muammosiga duç keladi - yo tunda, yoki kunduzi, ba'zan esa hatto 24 soat elektr energiyasi bölmaydi. Mintaqalardagi barça işbilarmonlarning asosiy muammolaridan biri - töxtovsiz elektr energiyasiga ega böliş. Biror mintaqa bu bilan maqtana olmaydi. Şunday ekan, biznes, ayniqsa mintaqaviy biznes AES qurilişi uçun ovoz beradi. Xuddi şunday har qanday uy xöjaligi boşliği ham AES qurilişidan manfaatdor".
Baxtiyor Ergaşevning aytişiça, hozirgi şart-şaroitlarda AES qurilişi jiddiy qadam va yagona töğri qarordir. Umuman olganda, bu yönalişda Özbekistonda juda köp işlar qilinmoqda - gidroelektroenergetikani rivojlantirişga doir butun bir dastur qabul qilindi, köplab GESlar quriladigan va modernizatsiya qilinadigan böldi.

















