Kun.uz'ning davlat xaridlari bo‘yicha navbatdagi surishtiruvi poytaxtning sobiq hokimi atrofidagi manfaatlar to‘qnashuviga oid yangi holatlarni o‘rtaga chiqardi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati va Ortiqxo‘jayevga begona bo‘lmagan kompaniyalar o‘rtasida 2022 yil noyabr-dekabr oylarida to‘g‘ridan to‘g‘ri (tendersiz) tuzilgan ayrim shartnomalar ro‘yxati:
Discover Invest
7 460 000 000 so‘m – 07.11.2022. Raqamli Toshkent vaziyatlar markazini qurish bo‘yicha navbatdagi qo‘shimcha shartnoma.
9 032 800 000 so‘m – 28.11.2022. Raqamli Toshkent vaziyatlar markazini qurish bo‘yicha yana bir qo‘shimcha shartnoma. Birlamchi shartnomadagi taxminiy qiymat qo‘shimcha shartnomalar asosida 100,3 mlrd so‘mdan 122,3 mlrd so‘mga yetgan.
18 799 914 000 so‘m – 28.11.2022. Nukus shahridagi Do‘stlik kanali bo‘yida istirohat bog‘ini tashkil etish, musiqali favvora, atrofidagi ko‘chalarga tashqi yoritish moslamalarini o‘rnatish, bolalar o‘yingohlari, “Workout” maydonchalari qurish, ko‘p kvartirali uylar fasadlarini ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma (to‘lov muddatlariga o‘zgarish kiritilgan).
27 799 914 000 so‘m – 19.12.2022. Nukusdagi loyiha bo‘yicha yana bir qo‘shimcha shartnoma (to‘lov muddatlariga o‘zgarish kiritilgan). Birlamchi shartnoma qiymati (34,3 mlrd so‘m) o‘zgarmagan.
2 700 000 000 so‘m — 19.12.2022. Shayxontohur tumani hududidagi Zaxariq kollektorining Uchlola berk ko‘chasidan Quyi Jangoh kollektorigacha bo‘lgan 600 metr qismini yopiq holatga olish va kollektor ustida 700 metr masofadagi hududni obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnoma. Birlamchi shartnomadagi taxminiy qiymat qo‘shimcha shartnoma asosida 36,99 mlrd so‘mdan 24,9 mlrd so‘mga kamaygan. Shu bilan birga, mazkur kompaniya bu ishlarga aloqador asosiy loyiha (Jangoh, Chuqurko‘prik va Zaxarariq kollektorlarini yopiq holatga o‘tkazish va boshqalar) yuzasidan 2022 yil yozida o‘tkazilgan tenderda 307,8 mlrd so‘mlik taklif bilan

















