Quva köçasidagi ölim topgan yigit voqeasi: marhumning onasi va guvohlar nima deydi?
|00:00 / 07.04.2021102 26215 min
Ötgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyatining Quva tumanida 20 yoşli Ahror Anvarov içki işlar idorasida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda u tibbiy niqobsiz köçada yurgani uçun profilaktika inspektori xonasiga suhbatga olib kirilganiga e'tibor qaratilgandi.
Keyinroq, aslida u voqeadan ikki kun ötib akasini körgani ketayotganida, yölda qöqqisdan yiqilib vafot etgani ma'lum qilindi.
Kun.uz muxbiri marhumning amakivaççasi Lutfiyor Xalilov, uçastka noziri Oybek Mahmudov, «Qalinpöstin» MFY raisi Faroğat Tojiddinovadan hodisa tafsilotlarini suriştirgan edi. Navbatdagi suriştiruvda yangi ma'lumotlar örganildi.
Suriştiruvning ikkinçi kunida marhumning onasi, opasi, Ahror Anvarovning şlakoblok sexida işlagan şeriklari, niqob masalasida IIB xodimlari va marhum bilan tortişuv guvohlar, yerga yiqilib behuş holda yotganda uni körgan guvoh, tuman tibbiyot birlaşmasi qabul diagnostika bölimi mudiri, bemorni qabul qilgan travmatolog, reanimatsiya bölimi boşliği va boşqalar körgan-keçirganlarini sözlab berişdi.
Mahalladagi öğrilik...
Ma'lum bölişiça, 30 mart kuni «Qalinpöstin» MFY, Qörğonça köçasidagi xonadonlardan birida öğrilik sodir etiladi. Mazkur holatni taftiş qiliş uçun xonadonga «Qalinpöstin» MFY raisi Faroğat Tojiddinova, uçastka nozirlari Oybek Mahmudov, A'zimjon Karimov hamda Tavakkal Yursinov kelişgan.
Mahallada öğirlik sodir etilgan uy va köça
Nozirlar mahallada yurgan paytda köçadan ötib ketayotgan Ahror Anvarovni niqobsiz holda körib qolişgan. Tortişuv mana şundan boşlangan. IIB xodimlari va marhumni ajratiş uçun qöni-qöşnilar çiqişgan. Yakunda Ahror Anvarov maşinaga çiqarilib, uçastka nozirlari xonasiga olib ketilgan. Nozirlar ortidan esa marhumning amakisi Umid Xalilov öz maşinasida yetib borgan.
Mavzuga oid
«Bolani sariq «Jiguli»ga solib olib ketişdi» — marhumning qöşnisi
Risolat Ahmedova
Şu mahallada istiqomat qiluvçi Risolat Ahmedova 31 mart kuni Ahror Anvarovni içki işlar xodimlari uşlab ketişganini öz közi bilan körgan.
«Men har kuni köçaga çiqib ötiraman. Ahror bir kunda 3-4 marta uyimiz oldidan ötardi. Şlakoblok sexiga işga boradi, undan taşqari, komada yotgan akasi Ahmadjonning yoniga ovqat, termosda çoy va non taşirdi.
31 mart kuni unga «köçada melisalar yuribdi, niqob taqib olmabsan-da, niqobsizlarni tösyapti», dedim. «Maskani opoqimnikidan olib çiqib taqvolaman», deya yölida davom etdi. Birozdan keyin melisalar turgan joydan şovqin ovozi eşitildi. Yaqinroq borib qarasam, Ahrorjon 3 kişi bilan gap talaşayotgan ekan. Nozirlar bolani sariq «Jiguli»ga tiqişdi. Buni körib yiğladim.
2 aprel kuni ham uni köçadan ötayotganini kördim. Tsellofan paketda 4ta non va termos kötarib olgan edi. Keyin bilsam, nariroqqa borib yiqilib tuşib vafot etibdi...», deya hikoya qildi u.
«Komandir, qöying, unday qilmang, dedim» – hodisa guvohlaridan biri
Sardor Rustamov
31 mart kungi voqeaga guvoh bölgan Sardor Rustamov ham voqealarni esladi.
«Öşa kuni köçada qöşnim bilan gaplaşib turgan edim. Mahallada bir-ikki kun avval öğrilik bölgandi. Birdan köça boşida odam köpayib ketdi. Borsam — örtoğim Ahrorni maşinaga tiqişayotgan ekan. Formalilarga heç kim qarşilik qilmayotgan edi. «Komandir qöying, unday qilmang», deb aytdim.
Ahror «dadam kelsin, keyin maşinaga ötiraman», dedi. Keyin men komandir protokol tuzsangiz şu yerda tuza qoling, lekin Ahrorni majburlab olib ketmang, dedim. Atrofda xotin-xalaj dod-voy qilardi.
Keyin bir tomondan mahalla oqsoqoli kelib qoldi. U «bunday qilmanglar, özi Ahrorning akasi 6 oydan buyon komada, bu bola şundoq ham qiynalib ketdi», dedi. Ahrorni nozirlar maşinaga majburlab tiqa olişmadi. Keyin amakisi Umid aka kelib Ahrorga maşinaga ötirişni buyurdi. Melisalar uni tortişganda kurtkasi yirtilib ketdi. U amakisining gapini yerda qoldirmay maşinaga ötirdi. Keyin ular ketişdi.
Ahrorning rangi qörqqanidan dokadek oqarib ketgan edi. Oradan 1-2 soat ötib Ahror niqob taqqan holda keldi. Oradan bir kun ötib esa maş'um iş böldi. Rahmatli yaxşi bola edi», deydi Sardor Rustamov.
«Xodim oqsoqolga «siz aralaşmang» deb aytdi» –marhumning qöşnisi
Şarifa Rajabova
Ahror Anvarovning qöşnisi Şarifa Rajabova ham öz közi bilan körganlarini gapirib berdi.
«Şu kunlarda mahallada öğrilik bölib mahalla biroz notinç edi. Nozirlar turgan joyda töpolon boşlandi. Borsam Ahrorjonni tortqilaşayotgan ekan. IIB xodimlariga «akasi ançadan buyon komada, bu bolaga tegmanglar», desam quloq ham solişmadi.
Dod-voy ovozidan marhumning amakisi va buvasi çiqdi. Amakisi «bolani qöyib yuboringlar, mening jiyanim böladi», desa ham nozirlar Ahrorni qöyib yuborişmadi. Keyin mahalla oqsoqoli keldi. U baqirib bolani qöyib yubor, deganini eşitdim.
Uning rangi sarosimadan oqarib ketgandi. Amakisi Umid aka bilan nozir maşinasi uçastka xonasiga oldinma-ketin ketişdi.
Ahrorni yoşligidan buyon bilanman. U soppa-soğ yurardi. Oğir mehnatlarni ham qilardi», deydi Şarifa opa.
«Ahror qölimda jon berdi» – marhumning dösti
Javohir Öktamov
Ahror Abrorovning dösti va u bilan bitta joyda işlovçi Javohir Öktamov uning ölimiga guvoh bölgan.
«Şlakoblok sexida iş yurituvçi bölib işlayman. Ahrorjon bizning mahalladoşimiz. U bilan bolalikdan döst edik.
Şu yil 31 mart kunidan uç kişi şlakoblok çiqarişni boşladik. Ahror soppa-soğ edi. Mudhiş voqea sodir bölgan kuni u bizga ovqat olib keldi. Uni birga ovqatlanişga taklif etdik, u esa yöq deganiça kim bilandir telefonda gaplaşdi. Taşqariga çiqib ketdi.
Oradan 5-10 daqiqa ötar-ötmas köça tomonidan «Voy-dod, yordam beringlar», degan ovoz eşitildi. Ovoz kelgan tomonga yugurdim. Orqamdan şeriklarim ham çiqişdi. Qarasam Ahrorjon köçada yotgan ekan. Boşi çang, jaği yirtilib ketgan. Uni körib özimni yöqotib qöydim. Tur örningdan, desam qözğalmadi.
Qöşnilar suv olib çiqişdi, yuziga sepdim. Şunda ham örnidan turmadi. Özimning qölimda joni çiqib ketdi şekilli, sönggi nafasini çiqardi. Uni guzar tomonga olib bordik. Şu orada taniş bir aka maşinasida kelib qoldi, uning maşinasiga çiqarib yubordik.
U soppa-soğ edi. Maska voqeasini ham bizga hazillaşib gapirgandi. Nozirlar bilan ozroq yoqalaşdik, degandi. Körinişidan nozik bölgani bilan biz bilan tengma-teng işlardi. Jismonan va ruhan baquvvat bola edi. Kökrak qafasida ozgina nuqsoni bor edi. Tuğma şunaqa edi. Kökragi içiga kirgan edi. Kayfiyati ham yaxşi edi şu kunlarda», deb gapirib berdi Javohir Öktamov.
«Ozğin bölsa ham çayir edi» – marhum bilan birga işlagan yigit
Bahodir Turğunov
Marhum bilan birga sexda işlaganlardan yana biri Bahodir Turğunov ham fikrlarini bildirdi.
«Rahmatli Ahror bilan 2 yildan buyon taniş edik. Tsexda u iş boşqarar edi. Öşa kuni bizga ovqat olib keldi-da köçaga çiqib ketdi. Keyin 5 daqiqa ötib dod-voy bölib ketdi. Çiqsak — şu holat.
Ozğin bölsa ham çayir edi. Şlakoblokni bemalol kötarib maşinaga yuklar edi. Akasi komada ekani sabab tuşkun holatda yurgandi», dedi u.
«Terak ağanagandek yerga quladi» – hodisa guvohi
Alijon Asqarov
2 aprel kuni Ahrorning köçada yiqilib tuşganini öz közi bilan körgan Aslijon Asqarovni ham topdik.
«Men çoyxonam oldida örindiqda ötirgan edim. Ahror yonimdan qandaydir boşqaça bölib ötib ketdi. Oradan heç qança vaqt ötmay terak yiqilgandek «lopillab» yerga quladi. Temir-tersak yiğib yuradigan lölilardan biri Ahrorning yoniga yugurib keldi. Keyin men ham yugurib bordim.
Uni qözğatmoqçi bölib turtdim. Ikki marta ingradi. Keyin yordam sörab baqirdim. Odamlar töplandi. Biroz ötib şu yerda joni uzildi».
Şifokorlar nima deydi?
Kun.uz muxbiri marhum yiqilgan kuni olib borilgan tuman tez tibbiy yordam bölimida bölib, tibbiyot xodimlari bilan ham suhbatlaşdi.
Ikromjon Hasanov
«Bizga Ahror Anvarovni jonsiz holatda olib kelişdi. Jonlantiriş bölimiga olib kirilgan. Yuzida jarohat izlari bor edi», dedi Quva tumani Tibbiyot birlaşmasi qabul diagnostika bölimi mudiri Ikromjon Hasanov.
Muzaffar Poziljonov
«2 aprel kuni baqir-çaqir bölib Ahror Anvarovni olib kelişdi. Töğridan töğri reanimatsiya xonasiga olib kirdik. Bemor bizga kelguniça joni çiqib bölgan ekan», dedi travmatolog Muzaffar Poziljonov.
Dilşod Abdumajidov
«Kökrak qafasi girdobsimon deformatsiyasi kasali bilan operatsiya bölgan ekan. U oldingi kasali ekan, şuni kördim.
Avval huşini yöqotib keyin yiqilgan bölişi ham mumkin. Köp holatda şunday böladi. Yurak töxtaydi, keyin yerga qulaydi odam», dedi reanimatsiya bölimi boşliği Dilşod Abdumajidov.
Qayd etiş daftarida ham bemor jonsiz holatda bölgani yozilgan
Suriştiruv davomida marhum Ahror Anvarovning akasi Ahmadjon 2020 yil 1 noyabrdan buyon tuman markaziy şifoxonasining reanimatsiya bölimida davolanayotgani, bemorga ayni paytda uning opasi Mohira Anvarova qarab turgani aniqlandi.
Ahmadjon Anvarovga qarayotgan Mohira Anvarova
«Haqiqatni aytsang, öşa öğrilangan mol yarmi senga, yarmi bizga böladi»
Mohira Anvarova
«Ukam nozirlar bilan uruşib qolgan paytda men kasalxonada, ukam Ahmadjonning yonida edim. Urişganini eşitib, unga telefon qildim. Ötgan safar ham ogohlantirişgan edi. Şu bilan ikki marta maskasiz qölga tuşdim, dedi ukam telefonda. 15 sutkaga qamaymiz, deb qörqitişibdi. Tortişuv vaqtida kurtkasi yirtilib ketgan.
«Agar şu mahalladagi xonadonda öğrilikni sen qilgan bölsang ayt, töğrisini aytsang — öşa öğrilik molining yarmi senga, yarmi bizga böladi, arra qilamiz», deb ukamni aldaşgan nozirlar. Ahrorbek yiğlab çiqqan. Keyin uyga borib heç kimga gapirmagan.
Uydagilar ismini aytib çaqirişsa ham örnidan turmagan. Qörqib ketganmi, bilmayman. Yotib uxlab qolgan. Tuşkunlikka tuşgan. Şu paytgaça ukam kasal bölgani haqida eşitgan emasman. Qörqib ketganidan şunday holat bölgan deb öylayman», deydi marhumning opasi.
«Bolamning tört muçasi soğ edi, yuragi oğrisa men bilmasmidim» – marhumning onasi
Marhumning onasi Mofilaxon Xalilova
Ahrorning onasi Mofilaxon Xalilova ham farzandi soğlom bölganini ta'kidladi.
«31 mart kuni qöşnilarimdan Ahrorni IIB xodimlari olib ketgani haqida xabarni eşitdim. Uyga rangi oppoq bölib keldi. Tsexda işçilarimiz bor edi. Ovqat solib berib, «Ahrorbek yaxşimisan?» dedim. «Ha, yaxşiman ona», dedi.
Öğlim doim xuşçaqçaq yurar edi. Tuşkunlikka tuşganini körib, nima bölganini söradim. «Odam ham şunçalik böladimi? Nozirlar «Öğrilikni böyningga olsang, ikkimiz bölişib olamiz», dedi. Ongi pastmi bularning, jinni odam ham biladi-ku bu gapni?!» dedi bolam beçora menga. Rangi dokadek oppoq edi. Öşandan keyin gapirmadi.
Katta öğlimni deb uyimizda halovat yöq edi. U akasiga qarayotgan edi. Ahrorjonning qölidan öğrilik kelmasdi. Tört muçasi soğ edi. Biror marta biror joyi oğriganidan şikoyat qilgan emas. Yuragi oğrisa men bilmasmidim.
«Öğlim qörqib ketdingmi?» desam, «yöq, qörqqanim yöq», dedi. Çunki u bolaning yuragi baquvvat edi. Basavlat edi.
Kurtkasini yirtib taşlaşgan ekan nozirlar. Buni endi kördim. Öğlim «onam siqilmasin», deb kurtka yirtilganini menga atay körsatmagan ekan. Kurtkani yaşirib qöygan ekan. Yirtilganini qöşnilardan eşitdim.
Özim maktabda işlayman. 2 aprel kuni işga çiqdim. Birgalaşib çoy içdik. Bolam, men işga çiqib kelaman, sen sex işçilariga ovqat olib çiqib ketgin, dedim. Suv ham olib kelib qöy dedim. «Xöp ona», deb çiqib ketdi.
U soppa-soğ edi. Men maktabdan qaysi holatda yugurib keldim, bilmayman. Bolamning badani kökargan edi. Bolamni qisişgan, devorga qisib urişgan bolamni. Orolning suvi quridi, köz yoşim qurimadi. Bitta öğlim komada, yana biri esa öldi, dardimni kimga aytay», deydi muştipar ayol.
Marhumning akasi Ahmadjon şu söritokdan yiqilib tuşgan.
Marhumning onasi bilan suhbatlaşib bölgandan keyin taşqarida nozirlar xonasiga jiyani bilan birga kirib borgan Ahrorning amakisi Umid Xalilov bilan suhbatlaşdik. U bilan oldingi safar suhbatlaşolmay qaytgan edik.
Umid Xalilov 31 mart kungi voqealarning bevosita guvohi. U jiyani Ahrorga IIB xodimlari tazyiq ötkazişmagani, nozirlar xonasiga jiyani bilan özi ham birga kirganini tasdiqladi.
Guvohlarning gap-sözlaridan ma'lum bölmoqdaki, tuğişgan akasining qariyb 7 oydan beri özini bilmasdan şifoxonada töşakka mixlanib yotganidan iztirobda bölgan Ahror Anvarovni mahallaning içki köçasida tibbiy niqobsiz yurgani bahonasida (aslida öğrilikda gumon qilib), maşinaga majburlab ötqazişgan, maşina içida unga ruhiy bosim ötkazişgan.
Voqeaning eng ğazablantiradigan jihati — yigitni sariq «Jiguli»ga bosgan uç nafar IIB xodimining özi ham «maska»siz bölgan.
Yaqin jigarining ançadan buyon özini bilmay yotganidan stress holatda bölgan yigitni qilmagan jinoyatda ayblaş, ruhiy bosim ötkaziş uning yuragiga zarba bölmadimikan?