Özbekiston Markaziy banki hukumatning bank kartalari örtasidagi pul ötkazmalaridan xabardor bölib turişga intilişini qöllab-quvvatlamaydi. Bu haqda regulyator rahbari Mamarizo Nurmurodov 4 may kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbirining savoliga javoban ma’lum qildi.
“Biz özimizning fikrimizni matbuot orqali yetkazmaganimizni Markaziy bank öz fikrini bildirmagan deb baholamaslik kerak. Biz bu farmon çiqqanidan keyin özimizning salbiy munosabatimizni Soliq qömitasiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yetkazganmiz.
Bizning qaraşlarimiz OAVda muhokama qilinganidan köra qat’iyroq. Va biz buni yetkazganmiz.
Buning asosiy tub maqsadi nima ekani haqida haligaça ma’lumot olganimiz yöq. Bu narsa 1 maydan qöllanilmaydi. Eng asosiysi, siz aytib ötgan konstitutsion norma, bank qonunçiligidagi daxlsizlik normalari böyiça tamoyillar töliq bajarilmaydigan bölsa, buni amalda qöllaş böyiça nizomlar va boşqa qaraşlar Markaziy bank tomonidan ma’qullanmaydi. Çunki bu narsa Markaziy bank bilan kelişilgan nizom yoki körsatmadan söng amalga oşişi kerak”, – dedi Nurmurodov.
MB raisiga köra, banklardan ma’lumot söraş uçun ma’lum bir tartib, nizom bölişi kerak, bu nizom Markaziy bank bilan kelişilmasdan banklarga yetkazilmaydi.
“Konstitutsiyadagi normalar va bank qonunida belgilangan bank siri töğrisidagi normalarning bajarilişi töliq ta’minlanmagunça, bu narsaga ruxsat bermaymiz”, – dedi monetar siyosat organi rahbari.
Eslatib ötamiz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi banklar va tölov taşkilotlaridan kartadan kartaga pul ötkazmalari uçun hisobvaraq-faktura rasmiylaştiriş va buni soliq organlariga uzatib turişni talab qilmoqda. Vazirlikning bu talabi 1 maydan kuçga kirişi közda tutilgan edi.
Kun.uz bu talabning Konstitutsiyaga, banklar va tölov taşkilotlariga oid qonunlarga zidligi haqida bir neça marta yozdi. Şu paytga qadar na vazirlik, na qömitadan bu masalada biror bir reaksiya bölgani yöq.
Oqibatlar bilan kuraşiş yaşirin iqtisodiyotni qisqartirmaydi
















