Oliy Majlisning sobiq deputati Rasul Kuşerbayev faoliyatini Tabiat resurslari vazirligida davom ettiradi. Kun.uz manbalari xabariga köra, u bugun, 1 fevral kuni vazir maslahatçisi etib tayinlangan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi negizida taşkil etilgan vazirlikni sobiq boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov boşqarmoqda.

36 yoşli Rasul Kuşerbayev oxirgi yillarda Özbekiston parlamentidagi eng taniqli deputat edi. Xususan, ekologik mavzularda ham faollik körsatgan.

U 2014 va 2019 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati etib saylangan. 2022 yil dekabrda budjet muhokamalarida unga söz berilmaganidan norozi bölib, iste’foga çiqqandi.