Bugun, 1 iyundan Toşkentdagi aksariyat bozorlar va dökonlarda qolipli non 2800 sömdan sotila boşlandi. Bir kun oldin poytaxtda “buxanka” narxi 1600 söm edi.

Narxlar oşişi şu paytgaça ortga surib kelingan ğalla islohoti bilan boğliq: hukumat ğalla yetiştiruvçilardan buğdoyni bozor narxida sotib olişga ötib, un narxini subsidiyalaşni töxtatmoqda.

Kun.uz suhbatlaşgan ayrim fermerlar avvalgi yillarda yetiştirilgan buğdoy uçun davlat tölagan narxlar ularning hatto xarajatlarini ham qoplamaganini aytdi.

Şuningdek, fermerlar davlatga don topşiriş rejasini ortiği bilan bajarganiga qaramay, ortiqça yetiştirilgan buğdoy majburan tortib olinişi holatlari butun respublikada odatiy holga aylangan edi. Hosil uçun bozor narxida tölov qilinişi şu kabi holatlarga ham çek qöyişi, dehqon ortiqça yetiştirgan ğallasini ham ixtiyoriy ravişda birjaga çiqarişdan manfaatdor bölişi kutilmoqda.

Davlat statistika qömitasidan olingan ma’lumotga köra, 30 mart holatida birinçi navli undan tayyorlangan 600 grammlik qolipli non respublika böylab örtaça 2233 sömdan sotilgan. Eng qimmat narxlar Xorazm (2949 söm), Namangan (2647 söm) va Jizzax (2552 söm) viloyatlarida bölgan, faqatgina Toşkent şahri va Toşkent viloyatida “buxanka” narxi 2 ming sömdan past bölgan.

Un va non yetkazib beriş tizimiga bozor mexanizmlarini töliq joriy etiş aslida 2018 yil sentabr oyidan boşlanişi közda tutilgan edi, ammo ma’lum sabablarga köra davlat subsidiya ajratişni davom ettirdi.

Avvalroq aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida pensionerlar va nafaqaxörlarga Toşkentda 400 ming sömdan, boşqa hududlarlarda 300 mingdan pul tarqatiş boşlangandi.

Şuningdek, kam ta’minlangan oilalardagi 4,5 million nafar bolaning har biri uçun 200 ming sömdan bir martalik moddiy yordam tölanmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga har bir oila a’zosi uçun 20 kilodan un ham tarqatilişi belgilangan.