Toşkentda havoning iflosligi şahar aholisining soğligiga xuddi yiliga 503 dona sigareta çekkan kabi ta’sir qiladi. Bu haqda House Fresh nomli havo sifati böyiça xalqaro jamoatçilik loyihasining hisobotida aytib ötilgan.
Loyiha dunyoda havo sifati eng yomon 20 ta katta şaharga e’tibor qaratib, bu yerlarda yaşovçilarning salomatligiga havo iflosligi sabab yetadigan zararni tamaki mahsulotlarini çekiş miqdoriga taqqoslagan. Buning uçun Berkeley Earth formulasidan foydalanilgan. Formula havodagi PM2,5 zarralarining salomatlikka ta’sirini çekilgan sigaretalar ta’siri bilan qiyoslaydi. Unga köra, bir dona sigaretaning zarari havodagi PM2,5 ning miqdori 22 mkg/m3 bölişiga töğri keladi.

Reytingda birinçi örin (eng salbiy körsatkiç) Bangladeş poytaxti Dakka şahriga töğri kelgan. Bu yerda yaşovçilar havoning iflosligi sabab yiliga bilvosita 1176 ta sigareta çekkandek böladi.
Toşkent 16-örinda – Indoneziya poytaxti Jakarta va Qozoğistonning eng yirik şahri Olmaotaning örtasida qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston poytaxti havo sifatining yomonligi böyiça IQAir reytingida dunyo şaharlari orasida tez-tez birinçi öringa çiqib turadi.
“Özgidromet” buning sabablari qatorida şaharda transportlarning köpligi, yöllarning tirbandligi, keng kölamli qurilişlar, şuningdek, daraxtlarni kesiş, maysazorlar va magistral yöllarning keng kölamda suğorilişining yöqligini sanab ötgan.
Meteorologlar şaharda avtomobil yöllariga suv sepiş va tozalaş, quriliş obektlarida çangni kamaytiriş, çiqindilarni öz vaqtida yiğiş, şaharni kökalamzorlaştirişga köproq e’tibor qaratişga çaqirib keladi.

















