UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga navbatdagi murojaat bilan çiqdi.

«Barçaga ma’lumki, yarimötkazgiçlarning global yetişmovçiligi butun jahon avtomobil sanoatiga öz ta’sirini ötkazdi. Va, afsuski, bu özbek işlab çiqaruvçilarining işiga ham ta’sir qilmay qolmadi. Sababi şundaki, mikroçiplarning tanqisligi UzAuto Motors kompaniyasi uçun yagona bölgan GM sertifikatiga ega avtomagnitola işlab çiqaruvçi «Humax» korxonasini ham çetlab ötmadi. Koreya işlab çiqaruvçisi avtomagnitolani yetkazib berişni noma’lum muddatga töxtatganligi haqida rasmiy xat bilan murojaat qildi. UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib beriş muddatining uzayişi, konveyerlarning töxtab qolişi hamda işçi örinlari qisqarişining oldini oliş uçun boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilar tomonidan bunday şaroitlarda amalda qöllangan yagona töğri qarorni qabul qildi – avtomobillarni magnitolasiz işlab çiqariş», deyiladi bayonotda.  

Qayd etilişiça, joriy yilning 19 yanvar kunidan avval tuzilgan şartnomalar böyiça Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari «Humax» kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berişdagi uzilişlar sababli, mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.

«Uşbu vaziyatdan çiqiş uçun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:

  • Işlab çiqaruvçi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning örnatiliş xarajatlarining qoplanişi bilan yaqin orada öz avtomobilini magnitolasiz oliş. Xohişingizga köra, bozordan özingizga yoqqan xohlagan turdagi avtomagnitolani UzAuto Motors rasmiy dilerlarida örnatiş bilan avtomobilga berilgan kafolatni yöqotmaysiz.
  • Avtomobilni keyinçalik tekin qayta jihozlaş bilan magnitolasiz olib ketiş. Işlab çiqaruvçi tomonidan magnitola yetkazib berilgandan söng, avtomobilni qayta jihozlaş», deya qöşimça qilingan.

Avvalroq, UzAuto Motors şartnoma böyiça 2021 yil noyabr-dekabr oylarida avtomobil olişini kutayotgan mijozlarga avtomobillari yana 2 oy ötib yetkazib berilişini ma’lum qilgandi.

Şuningdek, kompaniya ötgan yilning 5-17 dekabr kunlari işlab çiqarilgan Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini çaqirib olgandi. Bu avtomobillarning orqa oyna isitiş tizimini tekşiriş zarurati bilan boğliqligi aytilgan.