Vazirlar Mahkamasining «Navoiyuran» davlat korxonasi, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamğarmasi» davlat muassasasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK aksiyadorlik jamiyati sifatida tasdiqlanadi va davlat röyxatidan ötkaziladi. Şuningdek, korxonaning nomlanişi «Navoiyuran» davlat korxonasi deb özgartiriladi.
Qarorda «Navoiyuran» davlat korxonasining asosiy vazifalari quyidagiça belgilanmoqda:
- xalqaro standartlarga muvofiq energiya samaradorligi va ekologik xavfsizlik çoralarini ta'minlagan holda foydalanişda bölgan tabiiy uran konlarini işlatiş, uran konlarida mavjud noyob va nodir metallarni qazib oliş va qayta işlaş;
- uran va nodir metallar işlab çiqariş, texnogen çiqindilarni utilizatsiya qiliş, zararsizlantiriş, konservatsiya qiliş va belgilangan çegara doirasidan çetga çiqmasligini ta'minlaş;
- texnogen çiqindilarni qayta işlaşda xalqaro tajribani inobatga olgan holda innovatsion texnologiyalarni işlab çiqiş va joriy etiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş va olib boriş;
- ionlaştiruvçi nurlaniş manbalarini zararsizlantiriş, utilizatsiya qiliş va kömiş;
- sanoat, ekologik va radiatsion xavfsizlik talablariga rioya etgan holda korxona faoliyatini ta'minlaydigan xavfi yuqori bölgan obektlarni va potensial xavfli işlab çiqarişlarni loyihalaştiriş, quriş va işlatiş.
Hujjatga asosan, ikki oy muddatda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamğarmasi»ning ta'sis hujjatlari tasdiqlanadi va davlat röyxatidan ötkaziladi. Bunda jamğarmaga:
- ijtimoiy-madaniy, sport-soğlomlaştiriş, uy-joy, maişiy binolarni, ijtimoiy-madaniy, sport-soğlomlaştiriş va davolaş infratuzilmasi obektlarini talab darajasida texnik, sanitariya va yonğinga qarşi holatda saqlaş va işlatiş;
- kasalliklarning oldini oliş, soğlomlaştiriş, sanatoriy-kurortda davolaş sohasida işlarni taşkil qiliş;
- aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyuran» DK, jamğarma xodimlari va ularning oila a'zolari uçun madaniy-köngiloçar, ta'lim ahamiyatiga ega va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni ötkaziş, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullaniş uçun şart-şaroitlar yaratiş;
- aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyuran» DK jamğarma xodimlariga yaşaş uçun yotoqxonalarda qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlarini amalga oşiriş;















