Turkiya poytaxti Anqarada, parlament deputatining uyidagi noma'lum hodisa oqibatida vafot etgan özbekistonlik Nodira Qodirovaning ölimi ikki haftadan buyon ham özbek, ham turk jamoatçiligi diqqat markazida bölib turibdi.

Kun.uz muxbiri mazkur şubhali holat yuzasidan izoh oliş maqsadida, Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi kömagi bilan, Anqara şahar boş prokurori Yuksel Kojaman qabulida böldi.

Suhbat avvalida prokuror Özbekiston va Turkiya xalqlarini qardoşlik riştalari boğlab turişini ta'kidlab ötdi.

«Birinçi navbatda şuni aytişim kerakki, bizni Özbekiston bilan samimiy döstlik aloqalari boğlab turadi. Qardoş Özbekiston xalqining bizdan xafa bölişini istamaymiz.

Biz, u kim bölişidan qat'i nazar, adolatli tarzda suriştiruv olib boramiz. Özbekiston vatandoşlari bizning himoyamiz ostida», – dedi Kojaman.

Anqara şahar boş prokurorining fikriça, ayrim naşrlar hodisani juda börttirib yoritmoqda. Ya'ni bu orqali ba'zilar hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasini obrösizlantirişga urinyapti.

«Hodisa Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi deputati uyida bölgani uçun ham odamlar orasida har xil gap-sözlar yuribdi.

Bu yerda ba'zi naşrlar tomonidan partiyaga qarşi turli fitnalar qilinyapti. Bu kabi holatlardan, masalan, muxolifat hukmron partiyaga bosim ötkaziş maqsadida foydalanib qolişga urinayotgan bölişi mumkin. Ularning ham ma'lum darajada OAVga ta'siri bor. Lekin biz bu fitnaga uçmaymiz, bu bosimlarga yon bermaymiz. OAV bosim ötkazişda davom etişi mumkin, ammo biz öz işimizni professional bajarişda davom etamiz», – deydi u.

Yuksel Kojaman bevosita hodisa haqida töxtalar ekan, voqeani suitsid deb gumon qiliş uçun ba'zi asoslar borligini ma'lum qildi.

«Voqea röy bergan xonadagi barça aşyoviy dalillar örganilmoqda, xona öşa vaqtda videotasvirga tuşirilgan. Suriştiruv tugagandan keyin bor dalillarni taqdim etamiz.

Bizdagi birinçi dalil – organ xodimlari borgan vaqtda qizning xonasi içkaridan qulflangan bölgan. Şunday bölsa-da, şu faktning özi bilan çeklanib, suriştiruv işlarini töxtatib qöymoqçi emasmiz.

Odamlar orasida töpponça ikki qöl bilan uşlab otilgani haqida gaplar yuribdi. Lekin ekspertiza qilganimizda bir qöl bilan öq uzilganini aniqladik. Uydagi hamma şaxslarning barmoq izlarini olganmiz», – dedi prokuror.