Dunyo konlaridan tabiiy uran işlab çiqarişning uçdan ikki qismi Qozoğiston, Kanada va Avstraliya hissasiga töğri kelmoqda. Bu haqda Jahon yadro assotsiatsiyasi (WNA) ma’lumot berdi.

2021 yilda qazib olingan uranning eng katta qismi Qozoğiston hissasiga töğri kelgan. Qöşni respublikada ötgan yil davomida 21,8 ming tonna uran işlab çiqarilgan va bu körsatkiç dunyo böyiça qazib olingan jami mahsulotning 45 foizini taşkil etadi. Keyingi poğonalarni Namibiya (5,7 ming tonna) Kanada (4,6 ming tonna) va Avstraliya (4,1 ming tonna) band etgan.

Uşbu röyxatda Özbekiston beşinçi örinda qayd etilgan. Ötgan yil davomida respublikada 3,5 ming tonna uran qazib olingan. Bu körsatkiç 2020 va 2019 yillarda ham 3,5 ming tonnani, 2018 yilda esa 3,4 ming tonnani taşkil etgan.

Özbekiston 2020 yilda ham jahonda uran qazib oliş böyiça 5-örinda edi.

Uran zaxiralari

Dunyo böylab tabiiy uran zaxiralari 6,14 million tonna hajmida baholangan. Şundan 28 foiz qismi Avstraliya, 15 foiz qismi Qozoğiston va 9 foiz qismi Kanada hissasiga töğri keladi. Keyingi örinlarda joylaşgan Rossiya, Namibiya hamda Janubiy Afrika Respublikasi uran zaxiralarining mos ravişda 8 foiz, 7 foiz va 5 foiz qismiga egalik qiladi.

Ma’lumotlarga köra, Özbekistonda aniqlangan uran konlarida 132,3 ming tonna resurslar mavjud ekanligi qayd qilingan. Bu butun dunyo böyiça barça uran xomaşyosining 2 foizini taşkil qiladi.

Uranga bölgan bir yillik talab qança?

WNA tahlillariga köra, 2021 yilda dunyo böyiça uranga bölgan ehtiyoj 62 500 tonnani taşkil etib, işlab çiqariş talabning 77 foiz qismini qoplagan.