Oxirgi 1 oy içida propiska mavzusi har galgidan ham keng muhokama qilina boşlandi. Köpçilik şu böyiça öz fikrini bildirmoqda, kimdir propiskaga qarşi, kimdir esa uni yoqlab çiqyapti.

Mavzuni örganar ekanman, eng avvalo xorijiy davlatlarning amaliyotini körib çiqdim. Xöş, qolgan davlatlarda, ayniqsa sobiq sovet ittifoqi davlatlarida propiska tizimi qay körinişda tartibga solingan? Tabiiyki, meni dastlab Rossiya Federatsiyasidagi amaliyot köproq qiziqtirdi. Örganiş jarayonida RF Konstitutsiyaviy Sudi tomonidan çiqarilgan bir neçta qarorni uçratdim va ular haqida maqola yozişni ma'qul topdim. Bugungi maqolamizda şu haqida söz yuritiladi.

Barçasi nimadan boşlangan?

Aslida propiska tizimi ildizi ötgan asr boşlariga borib taqaladi. Sovetlar davrida uzoq yillar umrini ötagan propiska tizimiga barham beriş haqida ilk marta SSSR Konstitutsiyaviy nazorat qömitasining 1990 yil 26 oktyabrdagi xulosasi çiqariladi. Unda propiskaga oid ayrim qoidalar konstitutsiyaga zid deya baholandi va bekor qiliş haqida xulosaga kelinadi.

Ammo uşbu Xulosa talablari yetarli darajada bajarilmagaç, SSSR Konstitutsiyaviy nazorat qömitasi 1991 yil 11 oktabr kuni öz taşabbusi bilan mazkur masalani yana bir bor qayta körib çiqdi. Qömita parçalaniş arafasida turgan ittifoq tarixidagi eng dadil qarorlardan birini qabul qildi va propiska tizimini SSSR Konstitutsiyasiga zid, degan xulosaga keladi. Xususan, xulosada şunday deyiladi: «Ruxsat beriş mazmunidagi propiska tizimi fuqarolarning harakatlaniş erkinligini asossiz ravişda çeklaydi.

Işga joylaşiş propiskaning borligi bilan belgilanadi. Propiskasiz xodimlarni işga olganlik uçun mansabdor şaxslarga javobgarlik belgilangan. Moskva şahrida boşqa hududlardan kelgan fuqarolarni işga qabul qilişga töğridan-töğri taqiq mavjud. Bu kabi qoidalar SSSR Konstitutsiyasining 40-moddasi va Inson huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasining 23-moddasiga zid.