Sirdaryo viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 8 sentabr kuni Guliston şahar istirohat boği hududida tegişli xulosa va ruxsatnomalarsiz, qonunga xilof ravişda 16 tup tol va terak daraxtlari kesilib, 5 tup daraxtga jiddiy zarar yetkazilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Guliston şahar prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toşkent şahri Çilonzor tumanida quruvçi taşkilot töğridan töğri taqiqqa qaramay, 58 tup daraxtni kesib taşlagandi. Boş prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilişiça, uşbu holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan 797,7 million söm zarar taşkilot tomonidan qoplab berilgan. Hodisa yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida 3 nafar gumonlanuvçi qamoqqa olingan.

Ma’lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi «Davlat örmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanişni tartibga soliş va ulardan foydalaniş sohasida ruxsat beriş tartibini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi 43-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 45-bandida daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qömitasi organlarining xulosalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ruxsatnomalarisiz kesiş noqonuniy hisoblanişi belgilangan.

Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi farmoni bilan Özbekiston hududida daraxtlarni kesişga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uçun jarimalar 5 barobarga oşirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilişi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesiş holatlarini foto va videotasvirga olib jönatganlarga pul tölanişi ham közda tutilgan. Şunga qaramasdan, joylarda hamon noqonuniy daraxt kesiş holatlari töxtamayapti.