Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib tashlagan shaxs qamoqqa olindi
Yakkabog‘ tumanida yashovchi shaxs Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib, undan chiqqan tuproqni sotib yuborgan.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani, Darxon mahallasida yashovchi shaxs arxeologiya yodgorligini buzib tashlagani uchun qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu shaxs mas’ul idoralar bir necha bor ogohlantirganiga qaramasdan, hududda joylashgan Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib, undan chiqqan tuproqni sotib yuborib, madaniy merosga 47,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan 2022 yil 15 avgust kuni Jinoyat kodeksi 132-moddasi 3-qismi (Moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, sud ajrimi bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan.
Bundan oldin Namangan viloyatida joylashgan O‘rdatepa yodgorligi bir qismi buzib tashlanib, o‘rniga uy qurib olingani aniqlangandi.
Avvalroq esa, Namangandagi Gaistontepa arxeologiya yodgorligi joylashgan joy noqonuniy ravishda fuqarolarga dalahovli qurish uchun ajratilgani, 80 mlrd so‘m zarar yetkazilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
09:05 / 07.11.2024