12 aprel kuni AQŞ hukumati Rossiyaning Ukrainaga bosqini bilan boğliq sanksiyalar röyxatini kengaytirdi. AQŞ Moliya vazirligining sanksion röyxati 20 ta mamlakatdagi 120 ta yuridik va jismoniy şaxslar bilan töldirildi. Ular orasida 5 nafar Özbekiston fuqarosi va Özbekistonda röyxatdan ötgan 3 ta kompaniya ham bor.

SDN List'ga qöşilgan özbekistonlik jismoniy şaxslar – milliarder Alişer Usmonovning qarindoşlari. Ular quyidagilar:

  • Ismoilova Gulbahor Burhonovna – Alişer Usmonovning singlisi. Akasi bilan The Sister Trust'ga egalik qiladi. AQŞ hukumatiga köra, Gulbahor Narziyeva Özbekistondan taşqari, Rossiya va Kipr fuqaroligiga ham ega. Unga nisbatan avvalroq Yevropa Ittifoqi, Britaniya va Şveytsariya ham sanksiya qöllagan. Toşkentda joylaşgan Fedoroviç nomidagi klinika ta’sisçilaridan biri (82,1 foiz, qolgan uluş Zunnur Ismoilovga tegişli).
  • Narziyeva Saodat Burhonovna – Alişer Usmonovning singlisi. Akuşer-ginekolog, tibbiyotda 30 yildan ortiqroq stajga ega. Avvalroq uning Şveytsariyadagi Credit Suisse bankida 1,8 mlrd frank mablaği bölgani haqida xabarlar tarqalgan, Alişer Usmonovning matbuot xizmati buni rad etgandi.
  • Koçarova Gulnoz Zunnurovna – Özbekistondan taşqari Rossiya va Kipr fuqaroligiga ham ega. Kiprdagi Almenor Holdings direktori. AQŞ hukumati bu kompaniya Alişer Usmonovning “Kiprdagi tarmoği”ga kirişini qayd etgan.
  • Nosirxöjayev Şohrux Olimjonoviç – BAAda joylaşgan, Alişer Usmonovning “Metalloinvest”iga qaraşli Hamriyah Steel metalloprokat zavodi boş direktori.
  • Narziyeva Nasiba Erkinovna – Şohrux Nosirxöjayevning turmuş örtoği, Saodat Narziyevaning qizi.