Sönggi uç yil davomida Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği lavozimida general-mayor Şuhratjon Sobirov Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda.
Muqaddam Andijon viloyati IIB boşliği bölib işlagan Şuhratjon Sobirov içki işlar vazirining birinçi örinbosarligidan Toşkent IIBB rahbarligiga ötkazilgan Aziz Toşpölatov örnini egallagandi.
Özbekiston prezidentining 2023 yil 22 fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Şavkat Rahmonov Pölat Bobojonovning birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği lavozimida iş boşlagan, biroq Şuhratjon Sobirovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot berilmagandi.
2021 yildan buyon Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosiga polkovnik Ğanijon Alimuhammedov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, xalqaro jinoiy politsiya taşkiloti – Interpolga 1923 yili asos solingan. Boş qarorgohi Fransiyaning Lion şahrida joylaşgan. 1949 yilda BMT tomonidan Interpolga hukumatga qaraşli bölmagan taşkilot maqomi berilgan. Bugungi kunda taşkilotga 195 mamlakat a’zo hisoblanadi.
Özbekiston Interpolga 1994 yilda a’zo bölgan va IIV tarkibida Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi taşkil etilgan. Byuro rahbari içki işlar vaziri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

















