3 sahifalik yöl xaritasi 8 ta banddan iborat bölib, unda Rossiyadan Özbekistonga Qozoğiston hududidan ötuvçi “Örta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali bozor narxida tabiiy gaz yetkazib beriş uçun zaruriy texnik çoralar aks etgan.

Kelişuvga köra, 2023 yil 1 martdan boşlab Rossiyadan Özbekistonga tabiiy gaz importi yölga qöyilişi közda tutilmoqda.

Yöl xaritasida Rossiyadan Özbekistonga gaz uzatişni taşkil etiş uçun Özbekiston öz gaz tarmoqlari haqida “Gazprom”ga rasmiy ma’lumotlar taqdim etişi ham nazarda tutilgan.

Manbaning bildirişiça, yöl xaritasi Rossiya tomonining söroviga asosan e’lon qilinmaydi.

Hujjat bilan tanişgan Kun.uz muxbiri, şuningdek, Energetika vazirligining bu masaladagi bayonotida aytilgan ma’lumotlarni tasdiqladi.

Eslatib ötamiz, bayonotda Özbekiston öz gaz-transport tizimiga egalik va boşqaruv huquqini töliq özida saqlab qolişi ta’kidlangan edi.

“Bunda gaz-transport tizimi kimgadir berilişi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yöq”, – deya bildirgan vazirlik.

Eslatib ötamiz, mazkur “Yöl xaritasi” keça, 24 yanvar kuni imzolandi. Hujjat imzolanganidan keyin ötgan qariyb bir sutka vaqt içida Özbekiston tomoni bu borada birorta ham izoh bermagani jamoatçilikda jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirdi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning gaz transport tizimi “Gazprom”ga işonçli boşqaruvga berib yuborilişi mumkinligi haqida taxminlar paydo böldi.

“Gazprom” bunday hujjatni ötgan hafta Qozoğiston bilan ham tuzgan edi.

Mazkur kelişuvlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya iştirokidagi uçtomonlama gaz ittifoqini tuziş taklifidan 2 oy ötib imzolandi. Rasmiy Toşkent ham, Ostona ham bu hamkorlik ittifoq şaklida bölişiga rozi bölmadi.