Pölatxon qözğoloni – Qöqon xonligini yiqitgan hodisa qanday sodir bölgan edi?
|17:47 / 25.12.202258 06519 min
XIX asrning ikkinçi yarmida Markaziy Osiyo xalqlari hayotida muhim voqealar sodir böldi. Jumladan, Qöqon xonligi ruslar tomonidan bosib olinib, uning hududi Rossiya imperiyasi tarkibiga qöşib yuborildi. Avvaliga Qöqon xonligi bilan özaro şartnoma tuzgan ruslar, soxta Pölatxon qözğolonidan söng xonlikni batamom egallaşdi. Soxta Pölatxon kim bölgan va u xonga qarşi nega isyon kötargandi? Sovetlar bu qözğolonni ezilgan xalq isyoni edi desa, boşqalar Xudoyorxonda alami bölgan qipçoqlarning xonga qarşi harakati deydi.
Markaziy Osiyoning XIX asrdagi tarixi haqida gap ketganda köpçilikda bir savol tuğiladi. Nega Çor Rossiyasi Xiva xonligi va Buxoro amirligini yarim vassal holda qoldirgan-u, Qöqon xonligini batamom bosib olgan?
Bu savolga turliça javob beriş mumkin. Masalan, ruslar Farğona vodiysini Buxoro yoki Xorazmga nisbatan muhim joy deb bilgan. Yoki ruslar Buxoro amirligidan köra, Qöqon xonligini kuçsiz deb bilgan bölişi ham mumkin – öşa paytlarda Qöqonga kim hukmdor bölişi Buxoroda hal qilingan.
Aslida esa Qöqon xonligining yiqitilişiga eng birinçi navbatda Xudoyorxon sabab bölgan. Çunki ruslar xonlikning ikkita muhim şahri Çimkent va Toşkentni bosib olganda ham Xudoyorxon «aqlini yiğib olmaydi». Xalqqa yangidan yangi soliqlar solib, xotinbozlik va kayf-safoni davom ettiraveradi.
Öşa kezlarda Qöqon xonligida yana bir muhim hodisa – Pölatxon qözğoloni sodir böladi. Bu hodisa ruslar tomonidan xonlikning tugatilişi va uning hududlari Rossiyaga qöşib olinişini tezlaştiradi.
Qözğolongaça bölgan vaziyat
Ruslar 1864 yilda Çimkentni, 1865 yilda Toşkentni egallagaç, Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuziladi. Uning boşliği etib genaral Mixail Çernyayev tayinlanadi.
1867 yilda Turkiston general-gubernatorlikka aylantiriladi va Konstantin fon Kaufman uning hukmdori böladi.
Şundan söng Rossiya imperiyasi Qöqon xonligiga nisbatan bosimlarini kuçaytira boşlaydi. 1868 yilda Xudoyorxon fon Kaufman bilan şartnoma imzolaşga majbur böladi.
Şartnomaga köra rus savdogarlari boj tölamasdan xonlikning istalgan şahrida savdo qilişi, mahsulot olib kirişi va olib çiqişi mumkin edi.
Qaltis vaziyatda Xudoyorxon mamlakat mudofaasini kuçaytiriş örniga şundoq ham oğir ahvolda yaşayotgan xalqqa yangidan yangi soliqlar soladi. Odamlarning gardaniga yuk bölib tuşadigan farmonlar imzolaydi.
Mavzuga oid
1870 yilda xon uçun yangi qarorgoh – Örda quriş haqidagi farmon şulardan biri edi. Farmonga köra butun mamlakatdan jalb qilinadigan işçilar va hunarmandlar maoş olmasdan Örda qurilişida qatnaşişi lozim edi.
Örda qurilişi uç yil davom etadi va 1873 yilda qurib bitkaziladi. Xonning yangi qarorgohi bitgunça xalqning sabr kosasi ham tölgan edi.
Ikkinçi tomondan bir paytlar Xudoyorxon tomonidan Musulmonqulning öldirilişi va qipçoqlarning qatliom qilinişi köpçilikning esidan çiqmagandi.
Bu paytga kelib ruslar Buxoro amirligi tarkibida bölgan Jizzax, Samarqand va Qöqon xonligining yana bir muhim şahri Xöjandni egallab bölgandi. Ana şunday şaroitda xonga qarşi qipçoq-qirğizlar qözğoloni boşlanadi.
Pölatxon kim bölgan yoxud soxta Pölatxon haqida
Tarixda «Pölatxon qözğoloni» deb nom olgan bu qözğolonga Pölatxon emas, Mulla Işoq Hasan öğli boşçilik qilgan. Bu şaxs ning kelib çiqişi qipçoqlardan bölgan.
Manbalarga köra, Mulla Işoq 1844 yilda Marğilon yaqinidagi Öhna qişloğida tuğiladi. U maktab tahsilidan söng Qöqondagi madrasada öqiydi. Söng Andijondagi masjidlardan birida imom-xatib bölib işlaydi.
Mulla Işoq bir muddat savdogarlik qiladi. Savdogarlik qilib yurganida xonlikda ança taniqli bölgan Abdulmömin dodxoh ismli odam bilan tanişadi. Tarixçi olim Hamid Ziyoyevning yozişiça, xonlikning siyosiy kuraşlarida faol qatnaşgan Abdulmömin köp voqealarni gapirib berib, Mulla Işoqning siyosiy ongini uyğotadi.
1872 yilda xonga qarşi qözğolon uyuştiriş niyatida bölgan bir guruh qirğizlar va qipçoqlar Şer dodxoh boşçiligida Samarqandga borib u yerda yaşayotgan Xudoyorxonning qarindoşi Pölatxon bilan muzokara olib boradi.
Isyonçilarning maqsadi Xudoyorxonni yiqitib, örniga Pölatxonni taxtga ötqaziş edi. Ammo Pölatxon ularning taklifiga rozi bölmaydi. Şundan söng Şer dodxoh Toşkentga boradi va Mulla Işoq bilan uçraşadi. Unga Pölatxon bölişni va qözğolonga rahbarlik qilişni söraydi. Mulla Işoq uning taklifga rozi böladi.
Pölatxonning soxtaligini öşa paytda juda kam odam bilgan. Uning kimligi keyin oşkor böladi.
Qözğolon
1873 yilda Mulla Işoq soxta Pölatxon nomi ostida vodiyga kelib qözğolonçilarga boş böladi. Şu tariqa xonga qarşi isyon boşlanadi. Xudoyorxon qözğolonçilarga qarşi Abdurahmon oftobaçi boşçiligida qöşin yuboradi.
Bölib ötgan janglarda qözğolonçilar mağlubiyatga uçraydi va soxta Pölatxon toğlar orasiga qoçib ketadi. Söng bir yildan oşiqroq vaqt mobaynida qaytadan qöşin yiğadi.
1975 yil bahorda soxta Pölatxon Özganda qözğolon kötaradi. Unga qarşi xon qöşinlari jönatiladi. Biroq Abdurahmon oftobaçi va Iso avliyo boşçiligidagi xon qöşini qözğolonçilar tomoniga ötib ketadi.
Öşanda Abdurahmon oftobaçi Andijon hokimi bölib turgan Xudoyorxonning tönğiç öğli Nasriddinbekni ham yöldan uradi. U ham qözğolonçilar tomoniga ötadi.
Şundan söng qözğolonçilar xonlikdagi bir qator şahar va qişloqlarni egallay boşlaşadi. Xudoyorxon fon Kaufmandan yordam söraşga majbur böladi:
«Şu kunlardagi oğir va baxtsiz paytlarda mening Mulla Isa Avliyo, Abdurahmon parvonaçi va Xolnazar parvonaçi singari eng işonçli kişilarim qöşin bilan duşmanlarim – qirğiz qözğolonçilariga qöşildilar va menga qarşi uruşmoqçilar. Men hamma vaqt siz, oliy hazratlaridan döstlik va yordam kutib turganligim boisidan bu gal ham meni e’tibordan qoldirmagaysiz. Şaxsan özimni va Qöqon xonligini uluğ imperator janoblarining ixtiyoriga topşiraman hamda qöşinni töplar bilan birgalikda imkoni boriça tezroq Qöqon şahriga yuborişingizni sörayman».
Xudoyorxonning qoçişi va xonlikning tugatilişi
Işongan a’yonlari va öğli qözğolonçilar tomoniga ötib ketgaç Xudoyorxon juda tuşkunlikka tuşib qoladi. Fon Kaufmanning yordami yetib kelişini ham kutmasdan Qöqondan qoçadi.
1975 yilda xon oila a’zolari va xazinani olib ruslar qöl ostida bölgan Xöjand şahriga qarab yölga çiqadi. Qözğolonçilarning bir qismi Xudoyorxonni taqib qiladi. Bölib ötgan janglarda xonning yonida qolgan navkarlar uni mardona himoya qiladi va eson-omon Xöjandga yetkazib boradi.
Bir muddat Xöjandda yaşagan Xudoyorxon örtaga odam qöyib fon Kaufmandan Toşkentga borişga ruxsat oladi.
Xudoyorxon Qöqondan çiqib ketgandan söng qözğolonçilar örtasida böliniş yuz beradi. Ularning bir qismi Abdurahmon oftobaçi boşçiligida Xudoyorxonning öğli Nasriddinbekni xon qilib kötarmoqçi bölişadi.
Ikkinçi guruh esa soxta Pölatxon – Mulla Işoq xon bölişini talab qilişadi. Ana şunday vaziyatda Qöqonda Nasriddinbek, Andijonda soxta Pölatxon xon deb e’lon qilinadi.
Qöqon taxtini egallagan Nasriddinxon fon Kaufmanga maktub yuboradi. U maktubida Qöqon xonligi Turkiston general-gubernatorligi bilan döstona aloqada bölişi haqida yozgan edi.
Şu bilan birga Nasriddinxon rus istilosining oldini oliş va xonlikni saqlab qoliş uçun Buxoro amiri Amir Muzaffarga ham maktub yozadi. Maktubda Nasriddinxon «kofirlarga qarşi jang qiliş» majburiyatini olganini ma’lum qiladi.
Nasriddinxon Amir Muzaffarga yozgan maktubida garçi undan oçiq yordam söramagan bölsa-da, şunga işora bor edi. Ammo u Amir Muzaffardan yordam umid qilib xato qilayotgan edi.
Garçi ruslar Jizzax va Samarqand kabi Buxoro amirligi tarkibida bölgan şaharlarni bosib olgan bölsa-da, Amir Muzaffar saltanatni öz qölida saqlab qoliş uçun fon Kaufman bilan kelişuv imzolagan edi.
Qolaversa, avvalroq fon Kaufman Amir Muzaffarga qarşi boş kötargan Kitob va Şahrisabz beklari Jörabek va Bobobeklarni yengişda yordam bergan va bu bilan amirni «qarzdor» qilib qöygandi.
Hamid Ziyoyevning yozişiça Nasriddinxon bilan bir vaqtda Abdurahmon oftobaçi boşçiligidagi ayonlar ham Amir Muzaffarga va yana Toşkentdagi obröli şaxslarga, jumladan Saidazimboyga maktub yuborişadi.
Öşa maktublarda Xudoyorxoning ruslar bilan ittifoqda bölişi tanqid qilinib, ruslarga qarşi harakat boşlaş uçun Nasriddinxon xon qilib kötarilgani aytiladi.
«Abdurahmon oftobaçi va Mulla Isa Avliyo imzosi bilan bitilgan xat şuni körsatadiki, xonlikdagi xalq harakati Rus davlati va uning tarafdori Xudoyorxonga qarşi qaratilgan ozodlik kuraşi hisoblangan. Ammo şunisi taajjublanarliki, öşa xatlarning mualliflari amir va Saidazimboyning Rossiyaning sodiq tarafdorlari ekanini bila turib, ularni yordam berişga da’vat etganlar. Amir va Saidazimboy esa xatlarni Turkiston generalgubernatoriga topşirib, Rossiyaga sodiqligini yana bir bor namoyiş qilgan», deb yozadi Hamid Ziyoyev.
1875 yilda Nasriddinxonga yuborgan xatida Kaufman 1868 yilda Xudoyorxon bilan tuzilgan şartnomaga amal qilişini va Qöqon xonligi bilan döstlik aloqalarini uzmaslik şarti bilan uning xonlik maqomini tan olişini bildiradi.
Ikkinçi tomondan Kaufman Nasriddinxonni ağdarib, xonlikni batamom tugatiş va uning hududini Rossiya imperiyasiga qöşib oliş uçun rejalarini tuza boşlaydi. Qözğolonçilarning ruslarga hujum qilişi unga qöl keladi va xonlik hududini bosib oliş uçun harakat boşlaydi.
Qözğolon bostirilişi va xonlikning tugatilişi
1875 yil avgust oyida soxta Pölatxon boşçiligidagi qözğolonçilarning bir qismi Toşkent, Xöjand va Öratepa oraliğidagi poçta bekatlarini egallaydi va rus askarlarini asirga oladi.
Buni eşitgan Kaufman Sirdaryo viloyatining gubernatoriga harbiy yurişni boşlaş haqida buyruq beradi. Rus qöşinlari harakatga kelgunça qözğolonçilar Xöjand atrofidagi bir qator qişloqlarni ham egallaşadi.
Şundan söng rus qöşinlarining bir qismi Parkentni himoya qiliş uçun qoldiriladi. Yana bir qismi Xöjandga yuboriladi. Bundan taşqari, Qöqonga hujum qilayotganlarga yordam tariqasida Samarqand gornizonidagi askarlar ham çaqiriladi.
Qözğolonçilarning Xöjandni egallaş uçun qilgan yurişlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi. Şu orada Samarqand gornizoni ham Xöjandga yetib keladi va bu yerda ruslarning katta qöşini töplanadi.
16 rota piyoda askar, 20 ta töp, qariyb ming nafar otliq askardan iborat qöşin Qöqonga qarab yuriş qiladi.
Rus qöşinlariga eng birinçi Qöqon xonligidagi mustahkam istehkom – Mahram qörğoni duç keladi. Qörğonda 15 ming navkar bölganiga qaramasdan uning himoyaçilari yengiladi.
Şundan söng Qöqon xonligi aholisida, navkarlar va ayonlarda ruslarni yengib bölmaydi degan tuşkun kayfiyat şakllanadi. Şu tariqa 1875 yil sentabrda Kaufman jiddiy qarşilikka uçramasdan Qöqonga kirib boradi.
Nasriddinxon va uning ayonlari Kaufmandan keçirim söraşadi. Şu yerda Qöqon xonligi va Rossiya imperiyasi örtasida yangi bitim tuziladi. Unga köra Nasriddinxon özini Rossiya imperatorining xizmatkori deb tan oladi.
Şuningdek, bitimda Qöqon xonligi Rossiyaga 2 million rubl miqdorda tovon puli tölaşi va Sirdaryoning öng qirğoğidagi yerlardan voz keçişi belgilab qöyiladi. Oqibatda Namangan va Çust kabi şaharlar Rossiya ixtiyoriga ötib ketdi.
Bundan taşqari, xonlik Rossiyaning ruxsatisiz heç qanday taşqi aloqalar yoki harbiy harakatlar qilmaslik majburiyatini oladi. Şu tariqa, Qöqon xonligi ham xuddi Buxoro amirligi va Xiva xonligi kabi Rossiyaning vassaliga aylanadi. Ammo qora kunlar hali oldinda edi.
Qöqon xonligi bilan bitim tuzganidan söng Kaufman Andijondagi qözğolonçilarga qarşi kiçik qöşin yuboradi. Ruslar bu jangda yengiladi.
Ğalabadan ruhlangan qözğolonçilar Qöqonga yuriş qiladi. Şu paytda Nasriddinxonning Kaufman bilan şarmandali bitim tuzganidan norozi bölgan qöqonliklar ham qözğolon boşlaydi. Bölib ötgan janglarda Nasriddinxon qöşinlari yengiladi va u oila a’zolarini olib Qöqondan çiqib ketadi.
Şu tariqa, Qöqon xonligini bor-yöği uç oy – 1875 yil iyuldan oktyabr oyigaça boşqargan Nasriddinxon ruslar panohiga qoçadi. U ham otasi Xudoyorxon singari avval Xöjandga söng Toşkentga boradi.
Kaufman General Skobelev boşçiligidagi qöşinlarni qözğolonçilarning markazi bölgan Andijonga yuboradi. Baliqçi yaqinidagi asosiy jangda qözğolonçilar yengiladi.
Şundan söng qonxör general Andijonni töpga tutib vayron qiladi va bir neça ming nafar tinç aholi vakillarini öldiradi.
1876 yil yanvarda bölib ötgan janglarda soxta Pölatxon qöşinlari Skobelevdan yengiladi. Bu paytda soxta Pölatxon Qöqonda edi.
1876 yil fevralda Namanganda turgan Skobelev Aleksandr II ning imzosi qöyilgan farmon oladi. Farmonda Qöqon xonligini butunlay bosib oliş topşiriği berilgan edi. 1876 yil 15 fevralda Qöqon qamal qilinadi.
«Qamalda qolgan Nasriddinxon endilikda özaro janglar, qirğinlar natijasida nihoyatda ezilgan va qaşşoqlaşgan Farğonani tiş-tirnoğigaça harbiy jihatdan mukammal qurollangan yovuz rus bosqinçilaridan saqlab qolişga közi yetmaydi. Oddiy ibtidoiy qurollar bilan qurollangan xalqini qonga botiriş gunoh deb bilgan Qöqonning sönggi xoni ruslarga taslim böladi. 1876 yil 19 fevral kuni Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoni bilan Qöqon xonligi tugatilib (şu kuni imperator tuğilgan kuniga hadya sifatida tortiq qilingan), uning hududida Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi yangi Farğona viloyati tuziladi», deb yozadi Şoxruhbek Umarov «Xudoyorxon avlodlari tarixi» asarida.
Şoxruhbek Umarov şu örinda sanalarda adaşgan. Aleksandr II 18 fevralda tuğilgan va katta ehtimol bilan Qöqon xonligining tugatilişi ham 1876 yil 18 fevralda e’lon qilingan.
Qolaversa, 1876 yil fevral oyida Qöqon ruslar tomonidan qamal qilinganda u yerda soxta Pölatxon hukmdorlik qilar, Nasriddinxon bu paytda Toşkentda edi.
Şuningdek, tarixçi olim Haydarbek Bobobekov özining «Isyon» nomli maqolasida şunday keltiradi:
«1875 yil 9 oktyabr kuni ertalab Qöqon şahrida qözğolon boşlanadi. Qözğolonçilar xon ördasiga hujum qilişadi. Bu hujum 3 soat davom etadi. Nasriddinxon ördadan qoçib ketişga majbur böladi. Qözğolonda şahar atrofidagi qişloq aholisi ham faol iştirok etadi. Jangda Otabek noib halok böladi. Sulton Murodbek asirga olinadi, Mirza Hakim parvonaçining uyi talon-toroj qilinadi va yondirib taşlanadi. Şunday qilib Pölatxon Qöqon xonligiga yagona hokim bölib qoladi».
Qöqonda keçgan janglarda yengilgan soxta Pölatxon Marğilon yaqinida ruslar qöliga tuşadi. Uni xalqning köz öngida dorga osişadi. Haydarbek Bobobekovning yozişiça, soxta Pölatxon – Mulla Işoq öldirilganda 33 yoşda bölgan.
Şu tariqa Qöqon xonligi tugatiladi. Uning örniga taşkil etilgan Farğona viloyatiga general Skobelev harbiy gubernator etib tayinlanadi.
Pölatxon öldirilgandan söng ham Farğona vodiysining turli hududlarida qözğolonlar davom etadi. Ayniqsa, «Oloy malikasi» nomi bilan tanilgan ayol – Qurbonjon dodxoh va uning öğillari boşçiligidagi qözğolon qariyb bir yil davom etadi.
Ruslar Qurbonjon dodxohni yenga olmagaç Skobelev u bilan muzokaralar ötkazadi. Ruslar ayolning barça şartlariga rozi bölgaç u qarşilik körsatişni töxtatadi.
Toşkentga qoçgan Nasriddinxonning hayoti ham otasi Xudoyorxonniki kabi ayançli tugaydi. Xudoyorxonni aldab Orenburgga jönatgan Fon Kaufman Nasriddinxonni Rossiyaning Vladimir şahriga surgun qiladi.
«U surgunda vatani Farğonani esdan çiqara olmaydi. Sovuq hamda ayriliqqa çidolmay kasalga çalinib qoladi. 1880 yilda Toşkentga qaytib kelişga ruxsat oladi. Betobligidan ozib ketgan va kuçdan qolgan Nasriddinxon Toşkentga Turkiston orqali keladi. U Turkiston şahrida yaşayotgan Oğaçaoyim, şahzoda Fansurullobek va Örmonbekni olib qaytadi. Ular Şayx Hovandi Tohur dahasidagi Zanjirlik mahallasidan ijaraga olingan uyda yaşay boşlaydilar», deb yozadi Şoxruhbek Umarov.
1882 yilda Nasriddinbek Toşkentda vafot etadi. Uni Şayx Hovandi Tohur qabristoniga dafn etişadi (Keyinçalik sovetlar davrida bu qabriston buzib yuborilgan va örniga ma’muriy binolar tiklangan. Hozirgi Islom universiteti binosi ham şu qabriston örniga qurilgan).
Pölatxon qözğoloni sovetlar talqinida
Markaziy Osiyoning oktyabr töntarişidan avvalgi tarixini qoralab kelgan sovetlar ruslarga qarşi kötarilgan bir neçta qözğolon haqida lom-lim demagan holda Pölatxon qözğoloniga katta e’tibor berişgan.
Darsliklarda 1898 yilda Mingtepada bölib ötgan (Hozirgi Marhamat tumani) Dukçi eşon qözğoloni yoki 1916 yilda sodir bölgan Jizzax qözğoloni kabilar unça eslanmay, Pölatxon qözğoloni haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Sovetlar Pölatxon qözğolonini «oddiy xalqning feodallarga va xonga qarşi ozodlik harakati» deb talqin qilişadi. Köpgina tarixçilar esa bunga qöşilmaydi va Pölatxon qözğolonini qipçoqlarning Qöqon taxtini egallaş uçun boşlagan harakati deb talqin qiladi.
Jumladan, Şoxruhbek Umarov öz kitobida şunday yozadi:
Şörolar zamonida xalq qözğoloni, milliy-ozodlik harakati nomi bilan şuhrat topgan Pölatxon isyoni aslida bu ötroq aholi va köçmançi qirğiz-qipçoqlar örtasida bölib ötgan töqnaşuv, uruğ-aymoqçilik asosida bölib ötgan qarşilik edi. Bu isyon orqali qirğiz-qipçoqlar xonlikdagi hukumatni qölga olişga intildilar. Pölotxon xonlikdagi eng yovuz, eng mutaassib va johil kuçlar qölidagi qöğirçoq xon edi. Ayni şu kuçlarning xiyonati natijasida rus qöşinlari Farğona vodiysini bosib olişga muvaffaq böldilar».
Tarixiy manbaalarga köra, soxta Pölatxonga rahnamolik qilgan Abdurahmon oftobaçi Musulmonqulning öğli, Xudoyorxonning qaynisi, Nasriddinxonning esa toğasi bölgan.
Bir paytlar Xudoyorxon öz qaynotasi Musulmonqulni dorga ostirgan, söng xonlik hududida qipçoqlar qirğinini uyuştirgan, öşanda köplab odam öldirilgandi. Ehtimol, Abdurahmon oftobaçi öşa işlarning qasosi uçun Xudoyorxonga qarşi çiqqan.
Oxir-oqibat soxta Pölatxon boşçiligida Xudoyorxonga qarşi kötarilgan qözğolon xonlik hududining ruslar tomonidan tezroq bosib olinişiga sabab böladi.