Turkiyada hukmron partiya deputatining uyidagi sirli hodisa oqibatida vafot etgan Nodira Qodirova aslida qotillik qurboni bölişi mumkin.

Deutsche Welle tarqatgan xabarga köra, marhumning jasadi Özbekistonga keltirilgaç, dafn etişdan oldin yuviş çoğida uning tanasida ikkita öq teşigi va kökargan joylar borligining guvohi bölişgan.

Özbekistonlik qiz Turkiya parlamenti deputatining uyida özini otib qöydi. Marhumning akasi politsiya xulosasidan şubhada

«Qizning oila a'zolari qörqib qolişgan»

Bunga qadar Qodirova yuragidan biroz yuqoriroqqa özi öq uzgani, ya'ni öz joniga qasd qilgani aytib kelinayotgan edi. Ammo, Nodiraning qarindoşi şaxsini oçiqlamaslik şarti bilan DW muxbiriga aytişiça, marhumning oyoğida ham öq uzilganidan qolgan teşik, yelkasi va qöllarida esa kökargan joylar bölgan.

Şuningdek, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, jasad Özbekistonga olib kelingaç, takroriy sud-tibbiy ekspertizasi ötkazilmagan. Qolaversa, marhum dafn etib bölinguniga qadar deputat Şirin Unalning odami jarayonni muntazam kuzatib turgan.

Bundan taşqari, marhumning oila a'zolari ayni jarayon davomida Turkiya elçixonasiga 2-3 marta borib kelişgani aytilmoqda.

DW manbalari oila a'zolari qattiq qörqib qolişgani, OAV vakillari bilan ortiq muloqot qilişni istaşmayotganini bildirgan. Oilaning uyi yaqinida noma'lum sabablarga köra 24 soat davomida ikki militsioner turgani ham iddao qilinyapti.

Ma'lum bölişiça, uşbu iş yuzasidan endilikda advokat Birol Özturk özbekistonlik oila tomonida turib şuğullana boşlaydi. Hozirça u oiladan tegişli vakolatni olmagan, şu bois iş materiallari, xususan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi bilan tanişa olmaydi.

DW mazkur holat yuzasidan deputat Şirin Unalning Turkiya parlamentidagi ofisi bilan boğlangan. Qönğiroqqa deputatning vakili javob berib, bu masalada heç qanday izoh bera olmasligini, barça savollarga prokuratura öz bayonotida javob berganini bildirgan.