Zoyir Mirzayev tuman hokimiga aylandi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Zoyir Toirovich Mirzayev Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu ma'lumotni «Kun.uz» manbasi tasdiqladi.
U tuman xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida jamoaga tanishtirilgan.
Sharof Rashidov tumaniga shu kungacha Sayfiddin Umarovich Ismailov rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2016 yilning dekabrida Jizzax viloyati hokimligidan tuman hokimligiga tushirilgandi (o‘sha vaqtda Jizzax tumani).
Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev 29 oktabr kuni prezident farmoni bilan g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.
Undan oldinroq bosh vazir o‘rinbosari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Bekobod tumanlarida hokimlik mulozimlari va fermerlarni suvga tushishga hamda dalada yirik kesaklarni ko‘tarib rasmga tushishga majburlagani ma'lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
-
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi
O‘zbekiston | 00:27
-
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
Jahon | 23:44 / 30.04.2025
Mavzuga oid

09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi

15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?

09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi

23:02 / 23.01.2025