Kun.uz manbasiga köra, 2023 yil 3 yanvar kuni soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov uşbu şov-şuvli voqea ortidan işdan olinganlar bilan suhbatlaşgan. U uşbu xodimlarning işdan olinişi bilan boğliq qarorni qaytadan körib çiqiş va ularni işga tiklaş haqida söz yuritgani aytilmoqda.

«Işdan olingan rahbarlardan biri yangi vazir bilan bölgan uçraşuvdan juda qoniqqanini aytdi. Tez orada adolat tiklanişi mumkinligiga umid bildirdi», deydi manba.

Ma’lumotlarga köra, Inoyatov 4 yanvar kuni soha vakillari bilan bölgan uçraşuvda ham uşbu masalaga töxtalgan.

Eslatib ötamiz, dastlab uşbu yetti mas’ulning ism-familiyasi ommaga oşkor qilinmagandi. Kun.uz öz manbasiga tayanib, ular orasida «ölim dorisi» haqida yuqoriga xabar qilgan Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi direktori Mamatqul Azizov ham borligini xabar qilgandi. Bir muddat ötib Soğliqni saqlaş vazirligi uşbu xabarni tasdiqladi.

«Dok-1 Maks» voqeasi ortidan Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi direktori Azizovdan taşqari uşbu şifoxonaning gemodializ böyiça mutaxassisi B.Ğaniyev, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça örinbosari S.Möminov, onalik va bolalik salomatligini rivojlantiriş bölimi boş mutaxassisi S.Rasulov, Toyloq tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Olmazor OŞP mudiri X.Muzaffarov, uşbu OŞPning oilaviy şifokori U.Mahmudov hamda doya hamşirasi M.Siddiqova lavozimidan ozod etilgandi.