Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi davlat universitetida köplab daraxtlar kesilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya qömitasi universitetdagi 38 tup daraxt kesib taşlanganini tasdiqladi.
Ma’lum qilinişiça, 13-15 yanvar kunlari Davlat ekologiya qömitasi inspektorlari holatni joyiga çiqib örgangan.
Aniqlanişiça, QarDU tomonidan YaIDXP orqali davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni kesiş uçun uç marta murojaat qilingan, Qaşqadaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi bu murojaatlarga rad javobini bergan. Şunga qaramay universitet hududidagi 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan.
Ösimlik dunyosiga yetgan zarar 267 million 543 ming söm miqdorida hisoblangan. Huquqbuzarlikka aloqador şaxslardan tuşuntiriş xatlari olingan. Şuningdek, huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.
Eslatib ötamiz, 16 yanvar kuni keçki payt Andijonda tuğuruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib taşlangan. Bundan taşqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Çinobod köçalari kesişmasida ekilgan eldor qarağaylari keçki payt noma’lum şaxslar tomonidan kesib ketilgan. Har ikkala holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan.
Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan, Özbekiston hududida daraxtlarni kesişga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uçun jarimalar 5 barobarga oşirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilişi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesiş holatlarini foto va videotasvirga olib jönatganlarga pul tölanişi ham közda tutilgan. Şunga qaramasdan joylarda hamon noqonuniy daraxt kesiş holatlari töxtamayapti.

















