2022 yil 1 yanvardan boşlab davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini hisoblaş boşlangan, lekin buni e’lon qiliş uçun huquqiy asos – tegişli qonun qabul qilinişi kerak. Bu haqda 10 mart kuni Jamoatçilik kengaşi oldida hisobot bergan agentlik direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.

“Töğri, farmonda aniq aytilgan edi, 2022 yil 1 yanvardan boşlab davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiliş tizimi joriy etiladi, deb. Agentlik bu borada vazirlik va idoralar bilan birgalikda, birinçi örinda xalqaro taşkilotlar kömagida platforma işlab çiqdik. Platformaning texnik jihatlarini tegişli idoralar – birinçi örinda AKT vazirligi, Kiberxavfsizlik markazi va boşqa idoralar bilan hamma texnik reglamentlar işlab çiqilgan. Eng muhimi, qonun loyihasi işlab çiqilgan.

Qonun loyihasiga köra, garçi hozirça e’lon qilinmagan bölsa ham, iyunda böladimi, iyuldami – 2022 yil 1 yanvardan boşlab [davlat xizmatçilarining] olgan mol-mulklari va daromadlari hisobga olinişni boşlaydi.

Faqat hozir, qonunçilik jarayonida bizda çöziliş bölib qoldi, ya’ni qonunni özaro kelişiş jarayoni çözilib ketdi. Lekin qonun loyihasi tayyor, aytganimdek, bu jamoatçilik muhokamasiga ham qöyiladi. Öylaymanki, bu yil albatta 2022 yil 1 yanvardan keyingi davrga taalluqli mol-mulklari va daromadlari deklaratsiyalanadi.

2022 yil yanvardan hisobi boşlandi, faqat huquqiy asosi va texnik reglamentlari kerak. Bular hozir işlab çiqilyapti, biz alohida platforma yaratyapmiz. Qonun kuçga kirganda bu ma’lumotlarning oçiqlaniş muddati körsatib ötiladi. Biz 1 apreldan degan edik, töğrisini aytsam, ulgurmayapmiz. Iyundan, iyuldan bölar, balki yil oxirida. Lekin [bu qonun böyiça] 2022 yildagi daromadlari oçiqlanadi”, deya Akmal Burhonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, 2021 yil iyun oyida qabul qilingan prezident farmonida 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimi joriy etilişi belgilangan edi.

Farmonda “Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida”gi qonun loyihasi 6 sentabrga qadar mas’ul idoralar tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi lozimligi