Özbekiston va Turkmaniston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligi hamda yaqin qardoşlik riştalaridan kelib çiqib, özaro hurmat belgisi sifatida ikki mamlakat örtasida döstona yordam almaşildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Jumladan, Özbekiston Turkmanistonga 20 ta zamonaviy Volkswagen Caddy tez yordam maşinalarini jönatdi. Turkmanistondan Özbekistonga suyultirilgan gaz partiyasi yetkazildi.
Tantanali tadbirlar Xorazm viloyatini Turkmanistonning Doşöğiz viloyati bilan boğlab turuvçi «Şovot» çegara bojxona postida bölib ötdi.
Avvalroq, Turkmaniston Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib berişda uzilişlar bölgani uçun «kompensatsiya» tariqasida suyultirilgan gaz berişi, bu Turkmaniston matbuotida «qöşni davlatga döstona va birodarlik yordami» sifatida taqdim etilgani haqida xabar berilgan edi.

















