Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov oliygohlarda oflayn ta’limga qaytiş kurslar böyiça bosqiçma-bosqiç bölişi haqidagi tuşunmovçiliklarga izoh berdi.
“7 fevraldan boşlanadigan oflayn darslarga borişni xohlamagan talaba 14 fevralda ham darsda qatnaşişni istamaydi. Şuni alohida e’tiborga oliş kerak. Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan berilgan rasmiy xabarda ta’kidlanganidek, neçançi kursda öqiyotganidan qat’i nazar, barça talabalar 7 fevraldan oliy ta’lim muassasalarida boşlanadigan an’anaviy ta’lim jarayonida iştirok etişadi.
1- va 2-kurslar uçun alohida öqiş grafigini tasdiqlagan oliy ta’lim muassasalari ham bor. Bu yerda bitta narsani alohida e’tiborga oliş kerakki, 60dan ortiq OTMlarda 1- va 2-kurslarda öqiyotgan talabalar kredit-modul tizimida tahsil olişadi. Özbekistondagi barça universitet va institutlarning talabalari uşbu tizim böyiça öqiydi.
Bu tizim joriy etilgandan keyin 1-semestrning öquv haftalari 15 haftaga qisqardi. Natijada dekabrning oxirigaça uşbu semestr yakunlangan. Aksariyat talabalar baholarini ham olib bölişgan. Qarzdor talabalarga semestrlar oraliğida 4 haftalik muhlat berilgan. Bu vaqtda qarzdor talabalar OTMga kelib, qarzlarini topşirişadi. Qarzdor bölmagan talabalar şundoq ham ta’tilda böladi bu davrda.
Mana şular inobatga olinib grafik qilinganki, birinçi va ikkinçi kurs talabalarining öqiş muddati aslida avvaldan öquv rejalarida belgilab qöyilgan. Şu narsa bugungi kunda ayrim tuşunmovçiliklarga sabab bölyapti.
Barça talabalar kursidan qat’i nazar 7 fevral, duşanba kunidan öquv jarayonida iştirok etadi. Amaliyotdagi talabalar amaliyotini davom ettiradi. Faqatgina 2-semestrni 14 yo 21 fevraldan boşlaşi avvaldan belgilab qöyilgan talabalar öqişni öquv rejasida körsatilgan vaqtdan boşlaşadi”, dedi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov Xalqaro press-klubning bugungi sessiyasida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent davlat texnika universitetida va TATUning Qarşi filialida oflayn ta’limga bosqiçma-bosqiç qaytilişi ma’lum bölgandi.

















