2022 yilgi davlat dasturi loyihasiga köra, şu orqali jinoyatlarni tergov qiliş jarayonida “Xabeas korpus” institutini qöllaş amaliyoti kengaytiriladi.

Ma’lum qilinişiça, sönggi 3 yilda fuqarolarga tegişli 4 mingga yaqin mulklar tergovda xatlangan bölib, işni köriş natijasi böyiça sud tomonidan ularning atigi 1,3 mingtasiga undiruv qaratilgan, 2,7 mingta mulk tergov davrida ortiqça xatlangani sababli, keyinçalik xatlov bekor qilingan.

Şuningdek, jinoyat işini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyaçi fikri bilan birga taqdim etiş tartibi joriy etiladi.

Izohlanişiça, hozirda jinoyat işlari sudlarga faqat ayblov xulosasi bilan beriladi, natijada sudyalarda iş bilan tanişiş jarayonining özida ayblovga moyillik paydo böladi. Jinoyat protsessida tomonlar tengligini ta’minlaş maqsadida himoyaçi fikrini ham sudga kiritiş belgilanadi.

Yuqoridagilarni öz içiga oluvçi qonun loyihasi 2023 yil iyul oyigaça tayyor bölişi kerak.

Şuningdek, 2023 yil iyun oyigaça boşqa bir qonun loyihasi ham işlab çiqiladi. Unga asosan, fuqarolar özlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boşqaruvi organlari va mansabdor şaxslarning qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda davlat boji stavkalari pasaytiriladi.

Eslatib ötamiz, mazkur takliflarni prezident Şavkat Mirziyoyev dekabr oyida parlamentga murojaatida aytib ötgan edi.

P.S. Oliy sud matbuot xizmati Kun.uz bilan boğlanib, xabarning dastlabki talqinidagi “hokim qarorlari böyiça şikoyatlarni boşqa hududlardagi sudlarda köriş amaliyoti joriy qilinmasligi mumkin”ligi haqiqatdan yiroq ekanini ma’lum qildi. Ma’lum qilinişiça, bu davlat dasturiga kiritilmagan bölsa-da, ötgan oyda imzolangan prezident farmonida közda tutilgan.

“Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi "Odil sudlovga erişiş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş va sudlar faoliyati samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmoni bilan tasdiqlangan 2023-2026 yillarga möljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişning qisqa muddatli strategiyasini amalga oşiriş böyiça Harakatlar dasturining "Odil sudlov sifatini tubdan oşiriş" nomli II-qismi 5-bandida aynan ma’muriy sudlar faoliyatiga huquqi buzilgan fuqaro – arizaçining xohişiga qarab eksterritorial sudlovga tegişlilik mexanizmini joriy etiş böyiça 2023 yil noyabr oyiga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi işlab çiqiş belgilangan”,