Filippin prezidenti Rodrigo Duterte yakşanba kuni yahudiylar jamiyatidan Gitlerning xolokosti haqida aytib ötgan gaplari uçun omma oldida uzr söradi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Bundan oldinroq, yana bir marta şov-şuvli çiqiş qilgani, bu safar özini millionlab yahudiylarni qirib taşlagan Adolf Gitlerga qiyoslagandi. U "Gitler yahudiylarni öldirib, qanday zavqlangan bölsa, filippinlik giyohvandlarni öldirişdan şunça zavqlanişi" haqida aytgandi.

"Men ölib ketgan 6 million yahudiyni haqoratlaş niyatida emasdim. Men yahudiylar jamoatçiligidan çin dildan uzr sörayman. Muammo şundaki, menga Gitlerni körgandek muomala qila boşlaşgandi", — deya Dutertening sözlarini keltirgan agentlik.

Filippin prezidenti rahbarining fikriça, u bu qiyoslaş orqali muxolifati uni qanday körayotganini namoyiş qilmoqçi bölgandi.

"Meni xuddi millionlab odamlarning yostiğini quritgan Gitler kabi qarşilay boşlaşgandi", degan u.

Qayd etiş kerakki, bu filippinliklar rahbarining ilk marta keskin çiqiş qilişi emas. U Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammiti arafasida AQŞ rahbarini Filippin içki işlariga aralaşgani uçun "fohişaning bolasi" deya haqorat qilgandi.

Keyin esa Yevropa Ittifoqiga undan kam bölmagan haqoratli sözlar yölladi.

Şuningdek, BMT boş kotibi uning "şirin sözlari"dan bebahra qolmadi.

May oyida prezidentlikka saylangan siyosatçi ilk kunlardanoq narkotiklar savdosiga va narkotiklarga qarşi keng kölamli reydlar ötkazilişini e'lon qildi. Şu vaqtgaça, Filippin politsiyasi giyohvandlik savdosiga aloqadorlikda gumon qilingan 2,4 mingdan ortiq kişini öldirdi. Politsiyaçilar gumondorlarni köçalarda söroqsiz otib taşlayotgani qayd etilgan. Jahon hamjamiyati bu jinoyatçilikka qarşi kuraşning bu uslubiga bir neça marta tanqidiy fikr bildirib ötgan.