Özbekiston Senatining bugungi yiğilişda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev ma'lum qilgan.
«Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevni boş vazirlik lavozimidan ozod qiliş haqidagi qaror sizning qölingizda. Marhamat ovoz bering», — degan Yöldoşev yiğilişda.
Bu qaror bir ovozdan qabul qilingan.
Boş vazirni lavozimidan ozod qiliş parlament palatalari tomonidan alohida-alohida körib çiqilgan va tegişli qaror qabul qilingan.
Qonunçilikka köra, parlamentning ikki palatasi boş vazirni lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qilgaç, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Boş vazir bilan birgalikda iste'foga çiqadi.
Eslatib ötamiz, 12 dekabr kuni Parlamentda köpçilik öringa ega bölgan Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati − Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi boş vazirlik uçun Abdulla Oripov nomzodini taklif qilgandi.
14 dekabr kuni Oripov uşbu lavozimga tasdiqlanişi kutilmoqda.
Şavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni bölib ötgan Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz töplab ğolib bölgan edi.













