Turkiyaning Istanbul şahridagi Reina tungi klubiga yangi yil keçasi hujum qilgan Abdulqodir Maşaripov hibsga olindi. Bu haqda "XaberTyurk" telekanali xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga köra, Maşaripov Istanbuldagi “Silivri” qamoqxonasiga joylaştirilgan. Unga “39 kişini qasddan öldiriş”, “IŞID terrorçilik guruhiga a'zo böliş”, “noqonuniy ravişda qurol saqlaş”, şuningdek, “konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiliş” böyiça ayblovlar qöyilgan. Maşaripov qamoqxonada yakuniy jazo çorasini qabul qilişi lozim bölgan sud jarayoni tugaşiga qadar saqlanadi.
Hozirgi sud tergovçilar ayblanuvçini söroq qilişni tugatganliklari tufayli va işni sud organlariga topşirişlari uçun kerak bölgan rasmiyatçilikdir. Maşaripov bunga qadar qölga olingan şaxs maqomida bölgan.
Ma'lumot uçun, Özbekiston fuqarosi bölgan Maşaripov birinçi yanvarga ötar keçasi Istanbuldagi Reina köngiloçar klubida terakt sodir etdi. U avtomat bilan qurollanib, dastlab qöriqçini otgan, söngra 700 kişi bölgan klubga kirgan. Tergov ma'lumotlariga köra, u bir neça yuz marta öq uziş çoğida 6ta öqdonni böşatgan. Buning oqibatida 39 kişi hayotdan köz yumdi.
Jinoyat uçun mas'uliyatni IŞID öz zimmasiga oldi. Istanbuldagi manzillardan birida esa 150 ming AQŞ dollari topilgan. Hukumatning fikriça, ular terakt ijrosiga tölab berilgan mablağlar bölgan.
Maşaripov terakt ijro etilganidan 16 kun ötib, 16 yanvar kuni maxsus xizmatlar ötkazgan amaliyot davomida Istanbulning Esonyurt tumanida qölga olindi.
“Abu Muhammad Xurosoniy” nomi bilan tanilgan Maşaripovning yonida tört yarim yoşli öğli ham bölgan.
Istanbuldagi terakt ijroçisi Afğonistonda tayyorgarlikdan ötgan

















