Özbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreyaga işga jönatiş jarayonidagi test sinovlari vaqtida yuzaga kelgan muammolar tufayli imtihonni topşira olmagan kişilar bilan savol-javob uyuştira boşladi.
Sayt tahririyatiga ma'lum qilişlariça, savol-javob jarayoni jyeton uçun test sinovlarida qatnaşiş uçun röyxatdan ötgan, biroq vaqt yetmagani sababli jarayonda qatnaşa olmagan va şundan söng köplab noqulayliklar borasida mamlakat prezidentiga portal orqali murojaat qilgan şaxslar uçun deyarli maxfiy ravişda ötkazilmoqda.
Bu ma'lumotlar işonçli manbalar tomonidan tasdiqlandi. Portalga şikoyat qilganlar bilan telefon orqali aloqaga çiqilib, ular agentlikka çaqirilayotgani aytildi.
Bundan taşqari, testda iştirok etgan, lekin murakkab va sohaga aloqador bölmagan savollar tufayli undan öta olmaganlar ham portalga murojaat qilgan bölsa, çaqirilmoqda. Öz navbatida, testdan ötganlar ham çaqirilmoqda, ular boşqalar yordamidan foydalangani aniqlangan. Ular bilan koreyalik hamkorlar alohida suhbat qilmoqda.
Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining tört kunlik tomoşasi
Ma'lum qilinişiça, 1-2 aprel kungi testda yiqilganlarlarning köpçiligi suhbatdan öta olişgan. Ularga koreys tilida turmuş tarzida işlatiladigan oddiy savollar berilgan va bir neçta şunday savolga töğri javob bera oliş kifoya qilmoqda.
«Kun.uz» manbasi hodisa joyida bölgan. Uning aytişiça, agentlik binosida ançagina odam töplangan.
Şu bilan birga, suhbatga kiriş va undan ötiş natija keltirmasligi ham mumkin.
«Istasangiz kiring, istamasangiz kirmang. Buning ahamiyati yöq. Hali nima bölişi aniq emas. Bizda 3 variant bor. Hammasi boşidan boşlanişi mumkin, şu natija qolişi ham mumkin. Yoki butunlay töxtatilişi ehtimoli ham yöq emas», degan bino içidan çiqib kelgan agentlik vakili.
U portalga şikoyatlar juda köpligi tufayli vaziyat körib çiqilayotganini aytib ötgan.
Kun oxirida yana bir yangilik paydo böldi. Unga köra, agentlik rahbari işdan ketgan. Endi barçasi boşidan, röyxatga oliş jarayonidan boşlanişi mumkin.
Boşqa işonçli manba ham Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi migratsiya agentligida kadrlar masalasida özgarişlar bölişi haqida xabar berdi.

















