Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Toni Bler AQŞ prezidenti Donald Trampning Suriya va KXDR böyiça harakatlarini qöllab-quvvatladi.
Uning sözlariga köra, Tramp Suriyaga raketa zarbalari yöllab töğri qilgan.
«Biz şunçaki bunga yöl qöya olmaymiz. Şimoliy Koreya yadroviy kallaklarga ega ballistik raketaga ega bölmasligi kerak. Biz bunga ruxsat bermasligimiz kerak. Şubha yöqki, agar bu röy bersa, dunyo taqdiri xavf ostida qoladi», — degan Bler Daily Mirror uçun bergan intervyusida.
U Britaniyaning amaldagi boş vaziri Tereza Meyning Tramp bilan döstona aloqa olib borayotganini ma'qullagan.
«Men Hillari Klinton tarafdori edim, çunki, Trampni tanimas edim, Mey u bilan yaxşi munosabat örnatişi muhim», — degan siyosatçi.
Bundan oldinroq Bler Britaniyani qutqariş uçun siyosatga qaytmoqçiligi haqida aytgani haqida xabar berilgandi.

















