Islom Kazimoviç Jasimov Özbekiston Savdo-sanoat palatasining yangi raisi Adham Ikromovning birinçi örinbosari böldi. Bu haqda bugun Özbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida taşkil etilgan Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining navbatdan taşqari qurultoyida iştirok etgan Kun.uz muxbiri ma'lumot berdi.
Qurultoyda raisning yana uç örinbosari taniştirilgan, bular: Botirjon Asadov Zokiroviç, Jamşid Rajaboviç Öroqov hamda Ötkir Umiroviç Bötayev.
Raisning birinçi örinbosari Islom Jasimov bu vaqtgaça boş prokuratura tizimida faoliyat körsatib kelgan, Botir Asadov senator, Ötkir Bötayev Qonunçilik palatasi deputati bölgan.
19 iyun kuni Şavkat Mirziyoyevning Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tubdan özgartiruvçi farmoni e'lon qilingandi.
Savdo-sanoat palatasining bugun ötkazilgan navbatdan taşqari qurultoyida Alişer Şayxov öz lavozimini tark etdi va uning örniga sobiq Soğliqni saqlaş vaziri Adham Ikromov tayinlandi.

















