Samarqandda Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning qabri ustidagi memorial majmua 2 sentabr kuni oçiladi. Bu haqda Lola Karimova-Tillyayevaning Facebook’dagi sahifasida e'lon qildi.

"Markaziy Osiyo arxitekturasining eng yaxşi elementlari va an'analarini özida mujassam etgan maqbara 2 sentabr kuni oçiladi", - deyiladi Karimova-Tillyayevaning Samarqanddagi xalqaro anjumanda sözlagan ma'ruzasi matnida. 

Uning sözlariga köra, memorial majmuani quriş böyiça bajarilgan barça iş YuNeSKO va yodgorliklar hamda diqqatga sazovor joylarni qöriqlaş masalalari böyiça Xalqaro kengaşning mezonlari hamda tavsiyalariga qat'iy muvofiq holda amalga oşirilgan.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Samarqandga taşrifini Islom Karimov qabrini ziyorat qilişdan boşlagani xabar berilgandi.