AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, IŞID terrorçilari Nyu-Yorkda sodir etilgan va sakkiz kişining ölimiga sabab bölgan terakt uçun yuqori narx tölaydi.

«IŞID Vest-Saydda ajoyib kişilarni öldirgan va oğir jarohat yetkazgan nosoğlom hayvon öz askari bölgani haqida ma'lum qildi. Şu sababdan, bizning harbiylarimiz sönggi ikki kun içida IŞIDga zarbalarni köpaytirişdi. Ular bizga amalga oşirilgan istalgan hujum uçun katta narx tölaydilar!» - deya yozgan Tramp Twitter’da.

Avvalroq Nyu-Yorkdagi terakt uçun mas'uliyatni IŞID öz zimmasiga olgani xabar berilgandi.

Soipovga IŞIDni qöllab-quvvatlaş böyiça ayblov qöyildi

31 oktabr, seşanba kuni Manhettenda yuk maşinasini boşqargan şaxs odamlarni qasddan urib yuborişi oqibatida 8 kişi halok böldi, 12 kişi jarohatlandi. Teraktni sodir etişda gumon qilinayotgan şaxs kelib çiqişiga köra özbekistonlik Sayfullo Soipovdir.