Kataloniyaning sobiq rahbari, bugun Belgiyada politsiyaga taslim bölgan Karles Puçdemon va uning 4 nafar maslahatçisi 24 soat muddatga hibs qilindi. Ammo tergov yakuniga köra, sudya ularni qamoqqa jönatişi mumkin. Bu haqda federal prokuratura ma'lum qilgan.
«Agar sudya ularni hibsda saqlaş muddatini uzaytirsa, ular qamoqxonaga yuboriladi», degan prokuratura vakili jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, qölga olinganlar ayni vaqtda federal prokuratura binosida bölib turibdi, kunning ikkinçi yarmida ular söroq qilinadi. Tergov vaqtida advokat va tarjimonlar ham böladi.
Jurnalistlar Belgiya tomoni Puçdemon va uning hamrohlari ekstraditsiya qilinişi ehtimoli haqida söraşgan, prokuratura vakili ayni vaqtda gap faqat hibsga oliş jarayoni haqida ekanini aytgan.
«Iş avval birinçi instansiya sudida körib çiqiladi. Köp ehtimol bilan apellyatsiya sudiga murojaat qilinadi. Bu esa 60 kungaça vaqt olişi mumkin», degan u. U Puçdemon va şeriklarini hibsda uşlab turiş vaqti 60 kundan oşmasligi kerakligini ta'kidlagan.
Qölga olinganlarning qöliga kişan taqilgan-taqilmagani xususida ham savol berilgan.
«Yöq. Agar ular öz atroflaridagi politsiyaçilarga tahdid solmas ekan, kişan taqişga asos yöq», degan prokuratura vakili.
3 noyabr kuni Ispaniya milliy sud palatasi sudyasi Belgiyada bölib turgan Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemon va muxtoriyat jyeneralitetining qolgan maslahatçilarini hibsga olişga order berdi.
Bugun Karles Puçdemon hamda hukumatining sobiq 4 amaldori jyeneralitning sobiq soğliqni saqlaş maslahatçisi Toni Komin, madaniyat böyiça maslahatçi Luis Puç, qişloq xöjaligi böyiça sobiq maslahatçi Meriçel Serret va ta'lim böyiça sobiq maslahatçi Klara Ponsanti Belgiyada politsiyaga öz ixtiyori bilan taslim böldi.
Ularga nisbatan isyon kötariş va davlat mablağlarini suiste'mol qiliş ayblovlari qöyilmoqda. Isyonni taşkillaştiriş ayblovi uçun beriladigan maksimal jazo esa 30 yilni taşkil qiladi.













